Kategoriya: Hikoyalar
Arslonlar
Mo‘g‘ullar Buxoroga hujum qilishib uni egallay olishmadi. Chingizxon shahar ahliga maktub yozdi: "Kim qurolini bizga topshirib bizning safimizda tursa omonda bo‘ladi. Kim bosh tortsa o‘zini malomat qilsin!". Musulmonlar safi ikkiga bo‘lindi: Birinchi qism aytdi: "Agar ular biz bilan kurashishga qodir bo‘lishganda bu murosago‘ylikni qilishmas edi. Bunda ikkita yaxshilik bor. Yo g‘alaba qilamiz yoki shahid bo‘lamiz". Ikkinchi guruh aytishdi: "Biz qon to‘kilishini xohlamaymiz. Ularning soni va qurolini ko‘rmayapsizmi?! Chingizxon ikkinchi guruhga maktub yozdi: "Birinchi guruhga qarshi biz bilan qo‘shilib jang qiling. G‘alaba qozonsak shahar boshqaruvini sizga topshiramiz". Jang bo‘lib o‘tdi. Mo‘g‘ullar g‘alaba qozondi. So‘ngra xoinlarning qurolini tortib olib barchasini qo‘y singari bo‘g‘izladi va mashhur gapini aytdi: "O‘z birodarlariga vafo qilmagan biz begonalarga vafo qilarmidi?".
Ibrat: Arslonlaringizni o‘ldirmang. Aks holda sizni dushmanning itlari yeydi!
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022