Kategoriya: Hikoyalar
Baxtsiz kelin
Anonim postlar turkumidan.
Ichimda sig'dira olmadim, yuragim yonib ketyapti, juda to'lib ketganim uchun yuragimni yozay dedim.
2 yoshimda otamdan ajrab ketganmiz. Oilada 2 dona qiz edik. Onam 22yoshda ota uyiga 2ta qiz bilan qaytib kelgan. Yanga va akani uyida sig'indidek 7 yil yashadik. 1 kosa ovqatni yashirib yerdik. Onam ishga kirdi. Maktabga oddiy kotiba bo'lib ishlaydi. Ishlab 7yil diganda aloxida dom olib chiqdik. Oddiygina bulsada ayam, opam, men juda baxtli yashardik. Biz endi katta bo'ldik deganda opam o'zidan o'zi to'shakda yotib qoldi. Yugurmagan joyimiz qolmadi. 3xonalik uyimizni 1 xonalikga alishtirdik. Endi ayam bilan dardi fikrimiz faqat opamni davolatib tuzatishda edi. Ko'rsatmagan do'xtir tabibimiz qolmadi. Bu orada manga sovchilar ham chiqa boshlagandi. Ming azob bilan onam yarimta yurak bilan mani uzatdi. To'yimda yolg'iz onam bo'ldi. Opajonimga armon bo'lib qoldi. 2014yil turmushga chiqdim. Kuygan teri yozilmasakan deganlaridek tushgan joyimdagilar umuman mas'ulyatsiz, mehr-oqibatsiz, ko'cha xandon, uy zindon inson ekan. Turmushimni 3-yilida opamdan ajralib qoldik. Qornimda 3oylik homilam va qo'limda 3 yoshli farzandim bilan erim "Endi opang o'ldi, onangnikida bir umr qolib ketasan"- deb janjal qilib ketdi. Xatto 40igacha ham chidamadi. Onamni mendan boshqa xech kimlari yo'q, ozgina chidang, boraman 40dan keyin, orada borib turaman desam ham ko'nmadi. "Ajralaman, senlar dardisar ekansanlar, opengdan qutiludim, endi onang uchun"- deb dom daraksiz tug'ishimgacha yuq bo'lib ketdi. Bu orada onami ahvoli og'irlashdi, ko'nikishlari qiyin bo'ldi. Uni ustiga taksikozim juda xam yomon bo'ldi. Qornimda, qo'limda bola bilan onamni olib doktorga ko'rsatib yurdim. Homilador ayol na dam olardim, na to'yib ovqatlanardim. Ko'rmagan azoblarni ko'rdim. Bu orada qayerdan erimni aqli kirib tug'ishim oldidan paydo bo'ldi va tug'dim. Endi yaxshi bo'lar deb raddomdan uyimga qaytdim. 20 kun erim va qaynonam arang chidashdi xarajatlarga. Onamnikiga borib klelib yurib shu bilan bolam ham 3 oylik buldi. 2oy aval sutiм juda kamligi uchun qushimchaga o'tsammi diyishim bilan janjal bo'lib ketdi. Bilmadim nima bo'ldi qayniopam va qaynonam janjalni kattalashtirib tashlashdi. Bundan avval ham ko'p janjallar bo'lgan. Lekin qaynonam o'sha kuni juda qattiq qarg'adi. Opangni orqasidan sen ham o'lib ket deb. Yana bir nimalar dedi. Quloqlarim o'sha joyda bitib karaxt axvolga tushib qoldim.
Erim xamma narsamni ko'chaga otdi. Shuunaqa axvolim yomon edi, qotib qolgandim, hatto yig'lolmadim. Taksida ayamikiga keldim. Uyga kiriwim bilan baqirib to'yib yig'ladim. Erim 2oy dom daraksiz ketdi. Bu orada kichkinam ko'p kasal buldi. Onam otpuskaga chiqqandi, qo'shimcha daromadi yo'q. uyda qo'limga nima kirsa sotib bollarimni amallab boqib turdim. Opam uchun anchagina qarz olganmiz. Bo'ynimizda qarzimiz ham bor.
Bundan 2 kun avval qaynotam bolarimi sog'inib ketdim deb kebdilar va katta farzandimi olib ketdi. Ayam etni tirnoqdan ayirib bulmaydi bervor mayli deganlari uchun berib yuborgandim. Ertasi kuni tel qib qizimni olib kelib beringlar desam, erim "Sanga beradigan bola yo'q"- dedi. Qaynotam sal bo'lsa ham tushunadigan odam. Yig'lagandim olib keli berdila.
Men yaxshi gapiray, hayotim iziga tushib ketar deb qizimni issig'i ko'tarilib ketdi, shifoxonaga olib borib kelaylik deb erimga telefon qilsam, erim "Meni tinch qo'y, xotin yo'lga, bola belga, meni o'z xolimga qo'y"- deb bir nimalar deb tashladi. Rostdan ham bolamni issig'i ko'tarilib ketgani uchun yana telefon qilib, "Mayli, tinch qo'yaman, faqat doxtirga olib borib keling. Mayli xayotizdan ketaman, narsalarimni ham butunlay olib ketaman" desam qaynonam telefonni olib "Igna ham bermayman senga, o'g'limga qiz bola olib beraman, sen ham, bollaring ham dardisarsanlar, o'g'limni tinch qo'ylaring"- deb tashladi.
Menga alam qilyapti, boshimda shuncha tashvish o'tganligini, onamni kasal bo'lib, yotib qolganligini ko'rib, shuncha azobimga guvoh bo'lib, bolalarik azoblarimni ham tushunar deb erimga aytganman. Menga ota, aka bo'ling deganman. Lekin shu qo'lni kiri bo'lgan pul uchun meni zig'ircha qadrim bo'lmadi.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022