Kategoriya: Maqolalar
"BBB" metodi bu?
"BBB" metodi bu B-B-B sxemasi bo'yicha o'quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi. O`tilayotgan mavzu yoki tushuncha yuzasidan har bir guruh o`zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini to`ldirishadi. Doskadagi birinchi ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar bo`yicha guruhlanadi.
Keyin har bir guruh a'zolari o`zaro kelishilgan holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o`zini qiziqtirgan savollarni yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga esa barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so`ng talabalar mavzu yuzasidan matn (ma'ruza) bilan to`liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o`zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bo`lsa, uni o`qituvchi to`ldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin.
Masalan:
1-sinf O`qish darsida «Alisher bilan bulbul» matniga tuzilgan jadval:
Bilaman |
Bilishni xohlayman |
Bildim |
Alisher Navoiy buyuk bobokalonimiz. U yoshligida juda ziyrak, ilmga qiziqqan bola bo`lgan. Shahrimiz uning nomiga quyilgan. U shoir va yozuvchi bo`lgan |
1.U qayerda tug`ilgan? 2. Nimaga hikoya «Alisher bilan bulbul» deb nomlangan?
3. Alisher bulbul bilan gaplashadimi? Nima haqida? 4. Nima uchun Navoiy taxallusi qo`yilgan. |
1. U 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug`ilgan.
2. U bir kuni boqqa chiqib, she'r o`q iy boshlaganidauning ovoziga bulbul mahliyo bo`lib qoladi va kelib uning yelkasiga qo`nadi. 3. «Ey xushovoz shoir, buncha ovozing bulbulning ovozidan ham yoqimli, isming nima deydi». «Men Alisherman», deydi u. 4. Sen endi o`zingga taxallus top, deydi bulbul. Bulbulning «navo» degan so`zi Alisherga yoqib, o` o`ziga «Navoiy» taxallusini tanlaydi. |
B-B-B chizmasi
Bilamiz? |
Bilishni xohlaymiz? |
Bildim |
Manbaa: azkurs.org Tabiiy fanlar fakulteti
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022