Kategoriya: Hikoyalar
Ehtimol bu najotdur...
Ehtimol bu najotdur...
?Jazirama issiq. Ko‘chada yurib bo‘lmaydigan darajada quyosh nurini ayamay sochmoqda. Sen esa mashinangda ketayapsan. Ko‘chada bir odamni terga botib yo‘lda ketayotganini ko‘rding. Hattoki kiyimlari ter suvidan yuvilib ho‘l bo‘lib ham ketgan. Sen undan irganma, balki mashinangni eshigini u inson uchun ochib ber.
Ehtimol bu sening najotingdur...
?Tabiiy holki ishlashing kerak. Ishdan uyga holdan toyib bir amallab yetib kelasan. Barcha mas'uliyat sening bo‘yningda. Shu mahal volidang sendan "falon narsamni keltirmadingmi" deb so‘rab qoldilar. Erinma. Ularga shu zahoti tabassum qil va "Hozir onajonim, bir lahzada keltirib beraman" deb ayt.
Ehtimol ularning qilgan duolari sen uchun najotdur...
?Otang senga murojaat qilib: "o‘g‘lim, meni shu tabibga eltib qo‘y. Falon vaqtda kelgin deb aytgan edi" desalar, hamma muhim ishlaringni bir ozga kechiktirib, ularga: "xo‘p bo‘ladi otajon" deb aytib duolarini olib qol. Ehtimol bu sening najotingdur...
?Ko‘chada bir ishchini quyoshda, issiqda xoldan toyib ishlayotganini ko‘rding. Unga tezda muzdek suv olib ber. Ehtimol bu sening najotingdur...
?Qushlar uchib keladigan yerga ozgina donmi yoki guruch sepib qo‘y. Ehtimol bu sening najotingdur...
?Odamlar yuradigan yo‘lakda kerakmas qog‘ozmi, suv idishlarinimi, shirinliklar qog‘ozinimi yoki shunga o‘xshash narsalarni tashlab ketishganini ko‘rib qolding. Sen uyalmasdan, erinmasdan shularni olib maxsus idishga solib qo‘y.
Ehtimol bu sening najotingdur...
?Seni birov xaqorat qilib, yomon gaplarni senga qarata aytdi. "Og‘irroq bo‘l". Seni Alloh kechirsin deb ayt. Ehtimol bu senga najotdur...
?O‘smirlarni gunoh ish qilayotganini ko‘rib qolding. Shu zahoti ularni to‘xtatib nasihat qil.
Ehtimol bu sening najotingdur...
?Ko‘cha ko‘yda go‘zalligini oshkora qilib yurgan ayolni ko‘rib qolding. Unga qaramasdan, yuzingni bur va istig‘foringni ayt.
Ehtimol bu sening najotingdur...
?Kimdir senga tuhmat qildi. Uni urib, so‘kking keldi. Shu zahoti g‘azabingni yut va uni kechir.
Ehtimol bu sening najotingdur...
?Senga kimningdur sharmanda bo‘lgan video roligi yetib keldi. Bu rolik senga kelib to‘xtasin. Uni hech kimga yuborib tarqatma.
Ehtimol bu sening najotingdur...
Doktor Muhammad Ratib al Nabulsi janoblari shunday dedilar:
«Alloh yagona Zot. Undan o‘zga iloh yo‘q. Agarda bir dona chumolini g‘arq bo‘lishidan asrab qolsang, bu ishing Allohning dargohida yo‘qolib ketmaydi.
Bir kun kelib hayolga ham kelmaydigan, oddiygina qilgan bir kichkinagina ishimiz hisob kitob kunida mezonlarimizni taqsimlab, hal qilib berishi mumkunligini biz qayerdan ham bilar edik. Shunday ekan, hech kimni kamsitma, har qanday ishni Alloh uchun qilishga erinma, mutakabbir ham bo‘lma. Doim bir ishni qilishdan avval o‘zingga o‘zing «Ehtimol bu mening najotimdur» deb ayt. Shunda hayoting davomida qanday qilib xayr sadaqa taqdim qilish va sahiylikda uzoq muddatli g‘alabani qo‘lga kiriganingni ko‘rasan.»
Bu mavzuni sizlar uchun ilindim. Ehtimol bu bizning najotimizdur. Siz ham boshqalar bilan ulashing. Ehtimol bu sizning najotingizdur...
© Ummu Mustafo tarjimasi
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022