Kategoriya: Salomatlik

Inson umrini qisqartiruvchi maxsulotlar ma'lum qilindi


Bir guruh amerikalik, ispaniyalik va braziliyalik olimlar yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanishiga yordam beradigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

105 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan uzoq muddatli tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqat eng zararlisi deb topildi.

Non mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar, gazli ichimliklar, makkajo‘xori yormasi, qayta tiklangan go‘sht va baliq mahsulotlari yuqori darajada ishlangan mahsulotlar hisoblanadi. Ular tarkibida shakar, yog‘, tuz, sun'iy rang va ta'm ko‘p miqdorda mavjud. Buning evaziga ushbu mahsulotlar tarkibida vitamin va to‘qimalar juda kam bo‘ladi.

Ma'lum bo‘lishicha, yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqatni iste'mol qilish 11—13 foizga turli yurak va qon tomirlari kasalliklari xavfini oshiradi. Tadqiqotga ko‘ra, kuniga 4 porsiyadan ziyod qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish 62%ga o‘lim xavfini oshiradi. 

"Yarim tayyor maxsulot" o'zi nima?

Yarim tayyor mahsulotlar yoki uchinchi darajali qayta ishlangan ovqatlar iste'mol qilish qulayligini optimallashtirish uchun xususiy firmalarda tayyorlangan tayyorlangan (ko'pincha qayta ishlash orqali) oziq-ovqat hisoblanadi . Bunday oziq-ovqat, qoidaga ko'ra, qo'shimcha tayyorgarliksiz iste'mol qilishga tayyor bo'lishi kerak. Bunday mahsulotlar osonlik bilan olib yuriladigan, uzoq saqlash xususiyatiga ega yoki shu kabi qulayliklarga ega bo'ladi. Yarim tayyor mahsulotlarga tayyor quruq ovqatlar, televizor qarshisidagi ovqatlari, uzoq muddat saqlashga mo'ljallangan oziq - ovqat mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar va zakuskalar kiradi.

Yarim tayyor maxsulot turlari

Yarim tayyor maxsulatlar bir necha turga bo'linadi:

Go'shtli Y.T.M.;

Un maxsulotlari;

Sut maxsulotlari;

Tort uchun Y.T.M.;

Bularga kiruvchi hayotimizda keng uchraydigan maxsulotlardan:

Go'shtli yari tayyor maxsulotlarga: kolbasa, sosiska, farsh, kotlet, muzlatilgan va grill holida pishirilgan tovuq go'shti maxsulotlari, yarim tayyor chuchvara, somsa, shashlik va hokazo

Un maxsulotlaridan: qatlama, lavash xamirlari, lag'mon xamiri, bulochka uchun xamirlar, lapsha(rollton)lar va hokazo

Sut maxsulotlari: qadoqdagi yogurt, qaymoq, sir, sirniki va hokazo

Tort uchun: biskvit, krem, pomada, jele, shokoladli yarim tayyor maxsulotlar

Reklama
Reklama