Kategoriya: Hikoyalar

Mardikor. Bo'lgan voqea


“MARDIKOR”


(boʻlgan voqealar asosidagi kichik ibratli xikoya)

Yangi uyga kuchish arafasida xovlini tartibga solish ishlari kupayib ketganligi sababli uyga mardikor olib kelib, ishlarni bajarishni niyat qildim va mardikor bozoriga, mardikor yollash uchun bordim...

Odam koʻp, hamma markdikor bozorga tirikchilik maqsadida chiqqanlar oʻzini taklif kilgan. Shularning orasida bir odam turar edi. Koʻrinishidan yaxshi kiyingan, sirtdan eʼtibor berib qaraganda esa koʻrinishidan umuman mardikorga oʻxshamaydi...

Bilmayman nima, oʻsha odamning oldiga Borib qanday qilib “siz ham ishlaysizmi” deb soʻraganimni oʻzim ham bilmay qolibman.U kishi esa “xa, men ham ishlayman”~ dedi va men u kishini ishga taklif qildim. Biz oʻsha kishi bilan uyga keldik, ishlarni kelishib oldik...

Yollangan kishi oʻzaro kelishilgan ishini bajarishga kirishdi. Ish xajmi kamida 4 kunlik boʻlsada, u 2 kun ichida belgilangan ishlarni nihoyasiga yetkazdi.,.

Ish davomida u kishidan qayerlik ekanligini va aniq yashash manzilini soʻradim. Maqsad esa, kelajakda yana boshqa shu kabi ishlar chiqsa yollash edi. U kishi oʻzining manzilini berdi...

Oradan bir qancha vaqt oʻtdi. Uyimda yana mardikor yollanadigan ish chiqib qoldi. Shunda men oʻsha kishini eslab va oʻzi bergan manzil boʻyicha izlab bordim. Astagʻfirullox, qaysi koʻz bilan koʻrayki u bergan manzilda men kutmagan manzara paydo boʻldi va uning uyini koʻrib xayratga tushib qoldim !

Avvaliga, ishonqiramay turdim, ammo keyin esa oʻsha odamning xuddi shu uydan chiqib kelgach gʻalati holatga tushib qoldim. Sababi bu odamning uyi oddiy oʻrta hol aholi yashaydigan uylarga nisbatan bir necha bora xashamatli, chiroyli va xaybatli edi. Menga peshvoz chiqiboq u kishi:

---“E…E. keling, keling” deya qarshi oldi va ichkariga taklif qildi. Uyning ichi esa yanada chiroyli va bekamukoʻst darjada edi. U mening xayratga tushganimni sezganday, bir piyola choy uzatib,

----Hayron boʻlmang, birodar, deb gap boshladi. Aslida menga qarashli boʻlgan necha firmalarim, qoʻshimcha savdo doʻkonlarim faoliyat koʻrsatib turibdi. Allohga shukur, pulga muxtojligim yoʻq. Lekin, otamiz bu dunyodan oʻtishlaridan oldin bir nasihat qilgan edilar. Otam:

----“...Oʻgʻlim, agar men uchun ehson qilsang peshona teringni toʻkib, mehnat qilib topgan pulingdan ehson kilgin” deya nasihat qilgan edilar... Peshona tering bilan topgan pulingga qilgan ehsoning men uchun manfaati tegishining ehtimoli, boshqa qilgan ehsonlaringdan afzalroqdir, degan edilar.


Buni tinglab oʻtirib nima deyishga tilim LOL boʻldi....

Reklama
Reklama