Kategoriya: Yumor

Oq-qora hazil


Tabassum

Muxbir: - Qo‘ylaringiz nima yeydi?
Cho‘pon: - Qaysi biri – oqlarimi, qoralarimi?
Muxbir: - Qoralari.
Cho‘pon: - O‘t.
Muxbir: - Oqlari-chi?
Cho‘pon: - Ular ham o‘t yeydi.
Muxbir: - Kechasi ularni qaerda saqlaysiz?
Cho‘pon: - Oqlarinimi, qoralarinimi?
Muxbir: - Qoralarini.
Cho‘pon: - Kaaatta bir og‘ilda.
Muxbir: - Oqlarini-chi?
Cho‘pon: - Ularniyam o‘sha yerda.
Muxbir: - Ularni nima bilan tozalaysiz?
Cho‘pon: - Oqlarinimi, qoralarini?
Muxbir: - Qoralarini.
Cho‘pon: - Suv bilan.
Muxbir: - Oqlarini nima bilan yuvasiz?
Cho‘pon: - Ularniyam.
Muxbir asabiylashib ketdi: - Farqi yo‘q ekan, nega oqlarinimi yoki qoralarinimi, deb so‘rayverasiz? Sizni masxara qilayotganim yo‘q!
Cho‘pon: Axir oqlari mening qo‘ylarim-da.
Muxbir: Ha-a. Qoralari kimniki?
Cho‘pon: Ular ham o‘zimniki.

Reklama
Reklama