Kategoriya: Hikoyalar
Topqir qozi
Husayn ibn Usmon va boshqalardan rivoyat qilinadi:
«Aziduddavla qozi Abu Bakr Boqiloniyni Rum imperatorining oldiga boradigan odamlar ichiga qo‘shib yubordi. Imperator qozining kelayotganidan xabar topib, uni qanday qilib mot qilishni o‘ylab qoldi. Boqiloniy podshohlar huzuriga kirganda hammaga o‘xshab yerni o‘pmas edi. Buni bilgan imperator o‘z taxti joylashgan xona eshigini faqat engashib kiradigan qilib, pasaytirib quyishni buyurdi. Endi bu eshikdan kiradigan odam noiloj imperatorga ta'zim qilib kirishga majbur bo‘lardi.
Qozi eshikning oldiga yetib kelgach, imperatorning maqsadini tushundida, eshikdan orqa tomoni bilan kirdi.
Imperator qozining matonati va ziyrakligiga yana bir bor tan berdi.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022