Kategoriya: Hikoyalar
Xato. 2018-yil. Bo‘lgan voqea
Ahmoqni katta kichigi bo‘lmaydi
Men xam bir ahmoq edim
Xato 2018-yil Bo‘lgan voqea
Sinf raxbarining gapiga ishonib bir o‘quvchiga salbiy xarakteristika berdim. Bu xarakteristika bilan u maqsadiga erisha olmadi. (qaerdandir xujjati qaytdi)
Bir kuni o‘sha sinfga kirdim (o‘qituvchi yo‘q ekan) va o‘zimcha insof diyonat xaqida ma'ruza-cha qildim.. shu payt boyagi bola negadir mensimaganday kuldi. Man uni urishib kettim (chars-churs, tirs-tirs) Sinf raxbaring to‘g‘ri aytgan ekan yaxshiyam ustozingdan so‘ragan ekanman bo‘lmasa sal-l qoluvdi yaxshi xarakterist-ika berishimga deyishim bilan xonadan chiqib ketti.
U bola haqida sinfdoshlaridan so‘radim: yaxshi bola, o‘qshi yaxshi, ... degan javoblarni eshitib hayron qoldim. Nega unda ustozingiz u haqida boshqacha fikrda?
Bolalar gapirgisi kelmay bir-biriga qarab sen-gapir.. sen-gapir.. e qo‘ying ustoz deganidan keyin ular nimadandir qo‘rqayotganini sezish qiyin emas edi.
Tanaffusda boyagi o‘quvchini xonamga olib kirdim (tirs-tirs,chars-churs) dan keyin xafa edi. Bir amallab kuldirdim sekin gapira boshladi.. (xullas kinnasini soldim) ustozim o‘zi shunaqa xar doim kamsitaveradi.
-nega?
Sinfda xar-xil pul yig‘imlarimiz bor man ko‘p xollarda pul bera olmayman.. shuning uchun o‘sha kuni sizga meni yomonlagan aytishlaricha majlisda mani deb gap eshitibdilar..(remontga pul bermagan edim) darsdan keyin ishlayman (kafeda) onam bozorda ishlaydi, dadam bilan ajrashgan. (qisqa varianti bu)
Keyin... Bo‘lgan voqealar ko‘z oldimdan o‘ta boshladi.. nimalar qilib qo‘yganimni kech angladim va kechirim so‘radim.
Kamol aka siz yaxshi odamsiz sizdan xafa emasman baribir u yerga kira olmas ekanman boshqa xujjatlarimda xam kamchilik bor ekan dedi. Lekin vijdonim-qiynaldi.. baribir man axmoqlik qilgan edim. Ayb o‘zimda bo‘lgan o‘quvchilarni ichiga kirmagan va ular bilan yaqinroq bo‘lmagan ekan-man..
P/s: Birovning gapiga ishonmang, kimgadir baxo bermoqchi bo‘lsangiz sinf ichiga kiring bolalar bilan gaplashing.
Agar u bolaning otasi bo‘lganda yoki biron "tanka"si bo‘lganida man bergan tafsiyanoma yaxshimi-yomonmi axamiyatsiz bo‘lib qolar edi balki.. va bu bola mani bir tiyn-ga ilmasligi xam mumkin edi balki..
Bu voqeadan xar-kim o‘zicha xulosa chiqaradi..
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022