Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. 10 soni ichida misol va masalalar yechish
26 Mavzu : 10 soni ichida misol va masalalar yechish.
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyi-
tish. Sonlarni o’qish va yozish, sonni xona qo’shiluvchilari, ayirmasi ko’rinishida ifodalashni o’rgatish. 10 soni bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy:O’quvchilarni ona – vatanni sevishga asrab – avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni 10 soni
Ko’rgazmalar
yordamida 0 sonini tanishtirish. 10 sonining yozma ko’rinishi bilan tanishtirish
1 – misol. 10 sonining xona qo’shiluvchilari bilan tanishtirish.
2 – misol. Rasm asosida masala tuzish va 10 sonini hosil bo’lishini masala orqali
o’rgatish.
6 + 4 = 10
O’quvchilar javoblarini nazorat qilish xatolar ustida ishlashni o’rgatish.
3 – misol. 10 sonini xona qo’shiluvchilarini topishga doir misollar bajarish.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
4-misol. Misolni bajarilish tartibini o`rgatish.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022