Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. Narsalarning xossalari
1 Mavzu : Matematika fani haqida ma’lumot. Narsalarning xossalari
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchiga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: O’quvchiga narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyitish.”Jonajon maktabga”mehr-muhabbatlarini, qiziqishlarini uyg’otish.
Tarbiyaviy: Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchini og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: berilgan narsalarni xossasiga ko‘ra bir yoki bir nechta to‘plamlarga ajrata oladi; FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
III Yangi mavzu bayoni Matematika fanining ahamiyati haqida tushuntirish.
Matematika kitobi, matematika daftari, o’quv qurollari, ularni ozoda saqlash haqida suhbat o’tkazish.
1991 – yil 1-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqil deb e’lon qilinganligi, Shu bois har yili 1 – sentabrda Mustaqillik bayrami nishonlanishi haqida ma’lumot beriladi. Ona Vatanimiz kundan kunga gullab, yashnab borayotganligi haqida suhbat o’tkazish. Matematika kitobini varaqlab, birinchi sahifasida,
“Maktab” rasmi tasvirlanganligi haqida o’quvchiga tushuncha beriladi.
Maktab ilm olish maskani maktabda matematika faniga duch kelasiz. Matematika darsidan sanashni, masala tuzib uni yechishni, turli xil shakllarni sanashni o’rganasiz.
Darslikda berilgan rasmlarga e’tibor berib ularning nomi va vazifasi haqida suhbat o’tkazish uchun savol-javob o’tkazish.
O’quvchi ko’rgan narsalariga mustaqil ta’rif beradi. Uning javoblarini tinglash, mustahkamlash.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan tanishtirish.
Daftarni tutish qoidalarini tushuntirish. O’quv qurollari bilan
tanishtirish, Partada qanday o’tirish va qanday yozish, ruchkani to’g’ri
ushlash kerakligini ko’rgazmalar yordamida o’rgatish. O’quvchi-
ning ish joylarini belgilash. Yozuv quroli daftar, ruchka bilan tanishti-
rish. Matematika daftaridan foydalanishni gigenik talablari o’rgatilib
dastlabki shakllarga rang berishni o’tgatish.
Tasvirlarga rang tanlash
O’quvchilar mustaqil rang tanlashlari mumkin.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchining darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: Darslikni 3 – sahifasidagi rasm asosida hikoya tuzish.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022