Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. To‘plamlarni tashkil qilgan narsalar soni bo‘yicha taqqoslash
8 Mavzu : To‘plamlarni tashkil qilgan narsalar soni bo‘yicha taqqoslash
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyi-
tish. Narsalar sanogi va ketma - ketligi kabi tushunchalarni tasavvur qilishni o’rgatish.
Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. Hayvonlar, parrandalar, meva va sabzavotlar haqida bilim berish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi;
FK -1: berilgan narsalarni xossasiga ko‘ra bir yoki bir nechta to‘plamlarga ajrata oladi; FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni
Darslik bilan ishlash; O’quvchilarning e’tiborini darslikning 12 – sahifasidagi rasmga qaratib “Unda nimalarni ko’riyapsiz?” – degan savol orqali yangi mavzu bilan tanishtirish. Darslikda berilgan rasmlar yordamida o’tilgan mavzularni mustahkamlash. Parrandalar haqidagi bilimlarini boyitish. Rasmlar yordamida savollar tuzish va ularga javob topish: Topshiriqni o’quvchilar mustaqil bajaradilar.(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
Parrandalaar va qushlar haqida ulrning farqi haqida o`quvchilarga tushuncha berish.
Qushlarning foydasi haiqda gapirib berish. Ularga g`amxo`rlik qilish haqida tushuncha berish.
Rasm asosid o`quvchilar masala tuzadilar va mushuklar sonini bir-biridan farqini bilib oladilar.
Dam olish daqiqasi: Derazamni ochaman, Badantarbiya qilaman
Toza havo kirsin deb. Tanam kuchga to’lsin deb.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan ishlash.
Tasvirlarga rang tanlash. O’quvchilar mustaqil rang tanlashlari mumkin. Geometrik shakllarni nomini aytadilar sanog’ini aytadilar. Oldingisi keyingisidan qanday farq qilishini taqqoslaydilar.
Matematika daftarining kataklari bilan tanishtirish. Shakllarni daftarga chizishni o’rgatish.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan shakllarni takrorlash.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022