Kategoriya: Hikoyalar
20 liraga jannatni sotib olgan ayol
Ayol yo‘lda ketayotib, yerga nimalarnidir chizayotgan bir bolaga ko‘zi tushib:
-Hoy bola, nima qilyapsan?
-Jannatni bo‘laklab sotyapman.
Bolaning bu javobi ayolni xursand qildi.
-Menga ham sotasanmi?
-Ha, sotaman.
-Necha pul turadi?
-20 lira.
Ayol bolaga pulni berib, o‘sha kuni uxlab tush ko‘ribdi, tushida ayol jannatda yurganmish. Ertasi kun ko‘rgan tushini eriga aytib beribdi, eri shoshilgancha o‘sha bolaning oldiga borib, xuddi ayoli kabi savol so‘rabdi:
-Hoy bola, nima qilyapsan?
-Jannatni bo‘lib sotyapman.
-Menga ham sotasanmi?
-Ha, sotaman.
-Necha pul turadi?
-1 000 000 lira.
-Voy, san nimalar deyapsan, kechagina ayolimga 20 liraga sotdin-ku!
-Amaki sizni ayolingiz ko‘nglimni olish uchun 20 lira berdilar, siz esa jannatni olish uchun beryapsiz...
Insonlar tarafidan bajariladigan amallar ko‘rinishda bir xil bajarilaveradi, ammo amallarning qabuli yaratgan huzurida bajaruvchining niyatiga qarab mukofotlanadi.
Internetdan olindi
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
8-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022