Arzon tovarlar


   Eng arzon tovarlar. Ushbu so'z hammamizga birdek yoqadigan so'z aslida, lekin aldoqchilarni deb bu so'z xursandchilik keltirmay qo'ygan. Ushbu saytimizdagi "Arzon tovarlar" kategoriyasidagi maqolalar orqali aldoqchilarni sirlarini ochamiz va oq va qorani ajratishni o'rganamiz.

   "Arzon tovar nomi o'ziga yarasha bo'lishi kerak. Agar eng yaxshisini topmasak, unda ushbu saytimizga kirgan odam qaytib kirmaydi"-deb o'ylab qoldik.

   Tovarning narxi nafaqat sifatiga balki tannarxiga bog'liq. Bu nima degani? Ma'lum bir tovarga ketgan xom ashyo, ish kuchi va ishlov uchun sarf etilgan mablag'dan kelib chiqib narx belgilanadi. Agar bir turdagi tovarni katta miqdorda ishlab chiqarilsa tannarxi uchun kam mablag' sarflanadi.

   Xo'sh ana shunday sotuvchilarni qaydan topamiz?

  Dunyo bo'yicha eng katta hajmadi ishlab chiqaruvchilar bu Xitoyliklar. Xitoy ishlab chiqaruvchilari sotib oluvchilarning talabidan kelib chiqib ishlaydilar. Masalan AQSH ga boshqa sifatda, Rossiyaga boshqa sifatda, O'zbekistonga boshqa sifatda. Mana shu davlatlarda bo'lgan odamlar bu narsani yaxshi bilishadi. Aslida Xitoy davlat tanlamaydi, aksincha sotib oluvchilarning o'zi shunday narxdagi narsani izlab topib oladilar. Ana undan keyin sifati ham narxiga yarasha bo'ladida. Arzon narxdagi tovarni sifati yomon bo'ladi. Ammo insofni sotuvchiga bersa, arzon tovarni ham qimmat narxdan sal arzonroqgagina sotmasa bo'lardi. Shuning uchun ana shu 10-20 yil oldin sotuvchilar o'zini Xitoyga otishardi. Eslayman o'sha savdogarlarning uyida nan shu narsalar serobligidan uvol bo'lib  yotardi, bolalariga o'yinchoq qilib berardi. 

   Manaman degan chet el kompaniyalari, eng qimmatbaho tovarlar ishlab chiqaradigan AQSh, Yevropadagi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan, Xalqaro brendga ega bo'lgan kompaniyalarning mahsuloti ham Xitoyda ishlab chiqariladi. Chunki u yerda ishchi kuchi ko'p va ishlab chiqarishga barcha sharoit bor. Masalan Apple kompaniyasining telefonlari ham.

   Xitoyliklar original ham, qoqma ham mahsulotni ishlab chiqaradi. Qoqmani masalan qo'lda terilgan yoki buyurtmaga asosan (arzon, sifatsiz zapchastlardan) deb ham qo'yishlari mumkin. Hatto yashirishmaydi ham, qoqma, sifatsiz va narxiga yarasha telefonlar ishlab chiqaradigan zavodlari ham bor. 

Ho'sh qoqma mahsulot bilan original mahsulotni qanday farqlaymiz.

   Buni farqlash qiyin chunki original bo'lmagan mahsulotlar ham ma'lum bir vaqtgacha huddi orignal kabi yaxshi ishlab bera oladi. Ayniqsa bozordan, qo'ldan olganingizda adashish ehtimolingiz ko'proq bo'ladi. Axir siz mutaxassis emassiz ku. Har doim har xil tovar sotib olasiz. Har safar sotib olayotganda o'sha tovarni originali bilan qomasini ajratishni yaxshilab o'rganib chiqib olomaysizku. Shunday ekan bu ishni o'z ishining ustalariga qo'yib bering. Ya'ni ustalari xizmati uchun pul oladi. Lekin sizga odam emas kompaniyaning xizmati haqida gap ketganda uni tekin ekanligiga ishonchingiz komil bo'lsin. Ular foydani sizdan ya'ni haridordan emas, sotuvchidan oladi. Masalan ustiga narx qo'shib yoziladi. 

   Dunyoning ikki chekkasidagi odam bir-biri bilan bog'lanishi juda qiyin. Bu holatga ko'pchilik ishonmaydi. To'g'rida sotuvchini tanib qolib tovari yoqmasa yana olib chiqib berish mana bu realniy deb o'ylaymiz. Agar o'sha sotuvchi qaytib olishni hohlamasa-chi. yoki biror joyini shikastlaganlikda ayblab qaytib olishni hohlamasachi. U holda siz nima qilasiz? 1 ta tovar uchun militsiyani chaqirasizmi yoki 50 ming so'mlik tovar uchun 100 ming so'm davlat bojini to'lab sudga berasizmi. Ozgina urushasiz, sizdan o'tkirroq chiqsa tashlab ketaverasiz. Internet bozorlarida anf shunday muammolar yo'q. Ya'ni sizning huquqlaringiz himoya qilishni ana shu internet magazin o'z zimmasiga oladi. 

Suhbatimiz aliespress.com sayti haqida bormoqda.  Al[expressdagi tovarni ham bir necha foiz arzonroq holda sotib olish imkoniyati ham bor. Bu haqda kelgusida batafsil yozamiz. Bizni kuzatib boring.


Ko'p ko'rilgan maqolalar


20 ta eng oson soch turmaklari. Rasmlar asosida


Har kuni bir xil soch turmagini qilish joningizga tegdimi? Kundalik hayotdagi ko’rinishingizga o’zg...

9-sinflar uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishingi...

2 kunda bola shamollashini tuzatib yuborish.


Bolaning shamollashini 2 kun davomida tuzatib yuborish. Bahor va kuz mavsumida shamollash xavfi uchu...

8-sinf uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishing...