Kategoriya: Hikoyalar

Ayolni gul qilish ham, qul qilish ham erkakning qo'lida


Bir shaddod, erkakshoda ayol qo‘shnim bor edi. Baxti kelishmay 2 taga turmushga chiqib qaytgandi. Uydan nonvoyxona ochib, o‘zi bozorda non sotardi. Rosti, oldingi erlarini ham shu ayol boqdi-yov?... Har ko‘rganimda "Shunday yuraverasanmi? Oila qurib, tezroq bola-chaqali bo‘lgin axir" desam, ovozlari do‘rillab "e erni beti qursin"der edi.

Taqdir bo‘libmi, bir yigit non yopuvchi bo‘lib ishga kelgan va ko‘ngil-ko‘ngilga tushib, oila qurishdi. Qarindosh, tanish-bilish uchun kichkinagina ziyofat ham qilib berishdi.

Men o‘z yumishlarim bilan bo‘lib ancha ko‘rishmadik. Yaqinda non olay deb bozorga kirsam, u yo‘q, o‘rnida boshqa yigit. "Opamni eri bozorga chiqarmay qo‘ygan. Men sotuvchilariman" degan gapni eshitib xayratda qoldim.

Ishonmay, uyiga kirib o‘tishga qaror qildim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, do‘rillagan, erkakshodadan asar ham yo‘q. Sochlar bo‘yalgan, lozim-xalatlari o‘ziga yarashib turgan, hatto nim pardoz ham qilib olgan oydekkina ayol yonimga yugurib chiqdi.

Ana sizga mo‘jiza! Rosti, hayratimni berkitmadim. U kulib "zo‘rdan zo‘r chiqsa, zo‘r pisib qolar ekan, opa" dedi kulib.

Voqea mana bunday bo‘libdi: Ular oila qurishgach, eriga oldingidek muomala, qilgan ekan. Bir tarsaki yebdi. Joni chiqib, jazavaga tushib, xaydab solgan ayol "MEN ERINGMAN, XOTININGMAS, BUGUNDAN BOShLAB OSTONA XATLAB KO‘ChAGA ChIQIB KO‘R-ChI, SENI O‘ZIM BOQIB OLAMAN! MEN XOTINNI QO‘YISh UChUN OLMAGANMAN. BOLALARIMNI ONASI, UYIMNI BEKASI DEB OLGANMAN" degan XUKMIni eshitibdi. U qilibdi, bu qilibdi, oxiri taslim bo‘libdi ayol. "Sen o‘zinga qara, uyni, meni eplasang bo‘ldi. O‘rningga sotuvchi olaman"deya ishlatmay, yana boshqa joydan ham "tochka"ochganmush...

Ayol tinmay gapirardi. Men esa lol bo‘lib tinglardim. Mana sizga ERning ROLI! "Er qilmoq ham yer qilmoq ham ayol"degan naqlga "Gul qilmoq ham, kul qilmoq ham ERKAK"degan naqlni to‘qigim keldi. (Axir xalqimiz ham ko‘rgan kechirganlaridan naqllar to‘qishgan-ku).

Bir do‘stim menga ilinadi. Men esa sizlarga.


Internetdan olindi

Reklama
Reklama