Bu uchchalasi o'qituvchi bo'ldi va internet yulduziga aylandi


Uchta g'ayrioddiy yosh o'qituvchilar bolalar maktabga borish uchun ular bilan nima qilishlarini aytib berishdi.

1. Andrey Fedotov


Andrey tarjimon bo'lishni xohlardi, lekin unga maktabda ingliz tili o'qituvchisi sifatida ishlashni taklif qilishdi. U esa uzoq vaqt qolmasligini rejalashtirib ishga kirdi.Mana 5 yildirki hali hamon ishlamoqda va hatto mashhur video blogger bo'lishga muvaffaq bo'ldi. 

Blogi haqida batafsil quyidagi maqolada.

Maktabga yosh o'qituvchiga moslashish oson emas edi, u sinovlar va xatolar orqali kasbni tushundi. Ammo "Endi maktab o'quvchilari men uchun bolalar, men esa ularning otasi", – deydi o'qituvchi.

Andrey umumta'lim maktabining kadet(harbiy maktab) sinfida dars beradi, unda barcha bolalar ingliz tilini o'rgatish uchun dastlabki motivga ega emaslar. Shuning uchun, birinchi darsda u har kimga ingliz tiliga muhtojligini shakllantirishga yordam beradi. Bugungi kunda yosh o'qituvchi uchun qiyin, ammo o'qituvchining fikriga ko'ra, ijodkorlik va xotirjamlik hamma narsani yengishga yordam beradi.

2014 yilda, onalar kuni munosabati bilan Andrey o'quvchilar bilan rep-klip olish uchun kadet sinflaridan biriga keldi. Asosiy maqsad bolalarni birlashtirish edi. Premyerada onalar yig'ladilar.Natija talabalar va o'qituvchilarni ilhomlantirdi. Ular musiqiy parodiyalar janrida boshqa mavzularni sinab ko'rishga kirishdilar va videolarni Tik-Tok ilovasiga yuklashni boshladilar. Bir oy ichida birinchi 100 ming a'zolar paydo bo'ldi, bugungi kunda ular soni 600 mingdan ortiq. Youtubedagi kanalida esa 45000 dan ziyod.

Barcha ssenariylarni Andrey bolalar bilan birga tuzadi va o'zi montaj qiladi. Eng mashhur videosi – Despacito qo'shig'ini 360 ming kishi tomosha qildi.

 

 

Maktab hayotining qiyinchiliklarini o'z roliklari bilan yoritib bermoqchi bo'ladi. "Hujjatlar va boshqa muammolardan qo'rqmaslik uchun yosh o'qituvchilar maktablarda qolishlarini xohlayman", deydi u.

2. Vyacheslav Posox

Vyacheslav Perm shahrida ingliz tilini chuqur o'rganish bilan maktabni bitirganida, u o'qituvchi bo'lishini taxmin qila olmasdi. U tarjimonlikni o'rgangan, xalqaro loyihalar bo'yicha volontyor bo'lib ishlagan va "Global ta'lim" dasturi bo'yicha ikkinchi oliy ta'limni olish uchun Avstraliyadagi Monash universitetiga ketadi.

Ikki yil o'tgach, Vyacheslav Permga qaytib kelganida, u ingliz tilini o'zi o'qigan maktabida o'rgatish uchun chaqirildi. Ko'p o'tmay, u "Erkaklar ta'limda" tanlovida g'olib chiqdi va Instagramda uning profilini nafaqat o'quvchilar, balki jurnalistlar ham kuzata boshladi.

Obunachilar uning fotosuratlarini muhokama qilish bilan band bo'lganda, u o'zining mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rdi. Uning fikriga ko'ra, zamonaviy o'quvchilar bilan alohida ishlash kerak va darsliklardan kamroq vazifalar berilishi kerak. Muayyan talaba uchun qiziqarli bo'lgan sohaga e'tibor qaratish yaxshidir. Misol uchun, agar farzandingiz sportchi bo'lsa, u ingliz tilida sport eshittirishlarini tomosha qilsin va o'tgan uchrashuvlar haqida gapirsin.

"Men uchun muhim bo'lgan narsa bu - bolalar bu jarayonni yaxshi ko'radilar va belgilanishdan qo'rqmaydilar. Axir, baholash-bu sizning bilim olish yo'lida qayerda ekanligingizni tushunishning yagona usuli, sizni shaxs sifatida baholash emas", deydi o'qituvchi.

Vyacheslav ko'plab maktab o'quvchilarining o'qituvchidan namuna olib, unga ergashishiga ishonch hosil qiladi va shuning uchun tashqi ko'rinish, ta'lim, hazil tuyg'usi va aql o'qituvchi uchun juda muhim ekanligini aytadi. O'qituvchining rejalari ingliz tilida podkastlarni boshqarishni boshlashdir. Instagramga kelsak, Vyacheslav o'z hisobini targ'ib qilish uchun mablag' sarflashni istamaydi. Uning uchun bu faqat orqaga qarash va o'tgan ishlardan hulosa chiqarish uchun yordam beradigan kundalikdir.

 

3. Kirill Arefiev


Serpuxov shahridagi boshlang'ich sinf o'qituvchisi atiga 25 yoshda, undan 7 yilidan beri dars beradi. Bugungi kunda u boshlang'ich sinflarda kollektivdagi yagona erkak o'qituvchi. Kiril birinchi marta kichik shogirdlari bilan uchrashganidan so'ng, u o'qituvchi bo'lish u uchun ekanligini his etdi.

Instagramda uning darslari, video va postlari minlab layklar yig'adi. Kirillning aytishicha u instagramdan ish maqsadida foydalanishni xoxlamagandi. Shunchaki o'quvchilarning ota-onalari uchun hisobot tarzida qo'ya boshlagandi. 2015 yilda "Yil o'qituvchisi" tanlovidan so'ng uning obunachilari ko'payib ketdi. Va uning hamkasblari unga taklif va savollar bilan murojaat qilishni boshlashdi.

Uning so'zlariga ko'ra zamonaviy o'quvchilarni quvnoqlik bilan o'qitish kerak. Ularning g'ayratini ushlay olish va kerakli yo'nalishga yo'naltira olish kerak. Bolalarga ochiq, mehribon va ularni sevib, ilhomlantira oladigan chinakam o'qituvchilar yoqadi.

Kirilning fikriga ko'ra, birinchi o'qituvchining vazifasi bolani qiziqtirish va unga 1 sinfidanoq o'qish istagini uyg'otishdir. Bundan tashqari, bolalar uchun an'analar yaratish muhimdir, masalan, har bir o'quv yili oxirida Kiril piknik uyushtiradi. Ota-onalar majlisi uchun ularning oilaviy hayotidan tanqidiy sahnaviy ko'rinish tayyorlaydi.

Reklama
Reklama