Yaqinda internetda "Badbasharalar sirki" ya'ni inglizchada Freak show haqida ma'qolaga ko'zim tushdi. Ushbu sirk 18-asrda tashkil etilgan bo'lib, a'zolari haqiqatda tug'ma nogiron va noodatiy ko'rinishga ega  insonlardan iborat bo'lgan. 18 asrda sirk yaxshi biznes turi hisoblangan.  Bu davrda g'arbdagi sirklar ko'rinishini kinolarda ko'rganmiz. Markazdan, odamlar ko'p to'planadigan joylardan vaqtincha foydalanish uchun ruhsat olib sirk tomoshalarini ko'rsatishib kelishgan. O'sha paytda bunday yer uchun kattagina ijara haqi to'lanib,albatta bunday pulni ishlab topish uchun yaxshigina pul ham ishlash kerak bo'lgan.  Odamlarni jalb etish muammo bo'lib, akrobatlar va kuchli odamlar bilan ommani qiziqtirish mumkin bo'lmay qolgan. Shunday paytda bir odam hech kim ko'rmagan,  insonlarni hayratlantiradigan, hunuk va g'ayrioddiy harakatlar bilan jirkanish hissini uyg'otadigan sirkni o'ylab topgan. O'sha davrnig odamlariga odam  tanasining noto'g'ri harakatlari, hunuk egiluvchanligi va turli badbasharaliklar yoqa boshlagan. O'sha davrning qoidalari bunday odamlar ustidan kulishga cheklov qo'ymagan. Ishtirokchilar o'z hohishi bilan kelib, ketgan va pul topgan. Bu sirk odamlarda qiziqish va hayrat uyg'otish bilan juda mashxur bo'lib ketgan. Hamma pullarni sirk direktorining o'zi olmagan. Ishtirokchilarga anchagina qismini bergan. Hatto ular o'sha paytdagi sog'lom odam orzu qiladigan darajada daromadga erishib, o'zlarini qariyalik davrini to'kin sochinlikda suradigan darajada pul ishlab olishgan.