"Hovli" seriali qahramonlari ta'rifi


Deniz Demir (Demet Evgar) -  Aqlli  va  tez  e'tiborga  tushuvchi  ayol  obrazi.  O'qish  yillarida  yosh . musiqachi  Xakan  bilan  tanishib qoladi.  Ular  bir  ko'rishda  bir-birini  yoqtirib qolishadi.  Tez  orada  ikkalasi  turmush  qurishadi.  Edjem  ismli  qiz  farzand   ko'rishadi.   Ana   shundan   keyin   turmush  o'rtog'i   tomonidan   zo'ravonliklar   boshlanadi.  Janjallarining   birida  erini  otib  o'ldirib  qo'yadi  va  qamoqxonaga  tushadi.  U yerda turli  qiyinchiliklarni  boshidan  o'tkazadi.  Yakka-yu  yagona  qizining  qotilidan qasd olish maqsadida yashaydi. Qotillikgacha borishga  majbur bo'ladi.

Azra Kayya (Djeron Moray) - Ichkilikga berilgan onaning qizi. Otasi onasining ichkilikga ruj'u qo'ygani bois tashlab ketgan. Onasi esa otasining ketib qolishida qizini ayblab kelgan. Azra qamoqxonadagi boshchi 2 ta ayolning biri.

Qudret O'zturk(Nursel Kyose) - aqlli va shafqatsiz ayol. Har bir qiladigan ishini yaxshi o'ylab qiladi. Strategik reja tuzib amalga oshirishga usta. Gapi o'tkir, atrofiga odamlar yig'a oladi. Yoshligidanoq otasi tashlab ketgan. Yolg'iz o'g'li bor. Qamoqxonadagi boshchi ayollarning biri. Undan hamma qo'rqadi.

Murot Yunal (Kenan Edje) - tartibli, haqqoniy, vijdonli va madaniyatli inson obrazi. Yoshligida oilasi Germaniyada ishlash uchun uni qarindoshlariga tashlab ketishgan. Tashlandiq ekanligi hissi bilan yashab ichkilikbozlikga berilib ketgan. Uning hayotida Nihol paydo bo'lgach yashashga, o'ziga bo'lgan ishonchi ortgan. Nixol Murot uchun oilasi edi. Ammo Nixol ham qamoqxonada olamdan o'tadi.

Xakan Demr (Teoman Kumbaradjibashi) - bosh qahramon Denizning turmush o'rtog'i. Mashxur bo'lib ketishni orzu qiladi. Yoshligida yo'qotgan oilasi xotiralari bilan yashaydi. Ichkilikbozlikga berilib ketgan inson obrazi.

Melis Ersoy (Deniz Barut) - qamoqxona psixologi. Qisqa muddat qamoqxona mudirasi bo'lib ham ishlaydi. ishi davomida qamoqxonadagi ayollarga niisbatan haqqoniy munosabatda bo'ladi va ularning xurmatini qozonadi. Qamoqdan so'nggi hayotida to'g'ri hayotga qaytishlari uchun harakat qiladi.

O'zlem Balaban (Onuray Evrantan Atasalixi) - qamoqxona mudirasi o'rinbosari. Yengil va tezkoq qaror qabul qilishni bilmaydi. Doim mudirbo'lishni orzu qiladi. Har safar mudir ketib vaqtincha mudir bo'lgan vaqtda muammolarni hal qilishni bilmaydi. Qamoqxona ma'murlarining biri bilan munosabatlari serial davomida ko'rsatiladi. Onasi bilan yashaydi. Onasi uni tinch qo'ymaydi, aytganlini qildiradi. Shuning uchun uni shaxsiy xayoti yaxshi bo'lmaydi.

Xasrat Shengul (Aycha Damgadji) - qamoqxona maxbuslaridan biri. Kuchli ayol, ammo ahmoq ayol obrazi. 3-sinfda o'qiyotganda maktabga bormay onasi bilan salfetka va suv sotib yashaydi. Dugonasi u yoqtirgan insonga turmushqa chiqqanligi bois o'lish darajasiga yetkuncha urgan va shundan qamoq hayoti boshlangan. Unga qisqa muhlat berilgan bo'lsada u o'zini yomon tutib qamoqxonada qolgan. Chunki u tashqarida ko'rmagan hurmat va mehrni qamoqxonada topganligi uchun butunlay qolib ketishni xoxlaydi.

Alp O'zturk (Denizjan aqtash) - Qudretning o'g'li. Boylik va amal soyasida tug'ilib o'sgan. 5 yoshligi ko'zining oldida onasi otasini o'ldirganini guvohi bo'ladi. Onasi bunda o'g'lini ayblaydi, u uchun qilganini doim aytib keladi va oqibatda onasining  barcha aytganlarini qiladigan bo'lib yashaydi.

 


Ko'p ko'rilgan maqolalar


20 ta eng oson soch turmaklari. Rasmlar asosida


Har kuni bir xil soch turmagini qilish joningizga tegdimi? Kundalik hayotdagi ko’rinishingizga o’zg...

9-sinflar uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishingi...

2 kunda bola shamollashini tuzatib yuborish.


Bolaning shamollashini 2 kun davomida tuzatib yuborish. Bahor va kuz mavsumida shamollash xavfi uchu...

8-sinf uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishing...