Hovli serialining 42-43-44-qismlari voqealar rivoji


 

Zarrin honim oshxonaga kirib ichkaridan olib chiqilgan tovuq go'shtlari birin ketin ocha boshlaydi. Oshxonaga nafaqat prokurorni balki Vazirlikdagi odamni ham taklif qilgan bo'ladi. Tovuq go'shti ichidan Zarrin honim kutgan narsa emas paketlarda mosh va loviyalar chiqadi. Denizga qaraydi. prokuror va davlat vakili jahli chiqib mudirning honasiga kirganda juda qattiq ogohlantirish beradi. Zarrin esa bu ishlarga javoban Denizni Qudretning yonidagi honaga olib o'tishga buyruq beradi. Deniz bunga rozi bo'lib narsalari yig'ishtirayorganida Azro uni oldiga kiradi. Deniz aralashmasligini so'raydi. 

Sevda ismli bir qiz Azroning blogiga yangi kelgan bo'lib, u qizning oldiga ko'rgani odam keladi. U odam Sevdadan chip qayerdaligini so'raydi. Ammo u bilmayman deb javob beradi. U qiz sevgilisi bilan qiyin vaziyatga tushishganida sevgilisi unga chipni berib millionlar yashiringan joylarning koordinatalari mana shu chipda ekanligini aytadi. Ularni to'xtatib ko'zini oldida sevgilisini o'ldirishadi va uni qamashadi. U odamlar Alpni oldiga kelib onasi Qudret orqali ana shu chipni olib berishlarini aytadi. Qudret u qizni gapirishga majbur qilayotganida sirpanib ketib nobud bo'lib qoladi. Alp katta puldan quruq qoldiq deb achchiqlanganicha  qolib ketadi. 

Deniz Qudretning blogiga o'tgach Denizni kechasi olib chiqib qo'l oyoqlaridan bog'lab qo'rqitadi, ammo mudiraga vada berganligi uchun qon oqiza olmasligini aytadi. Deniz zo'r bo'lsang yakkama yakka kurash men bilan deydi. Ertasiga Yondja bilan Oykyuni ham o'sha blokka olib o'tib qo'yishadi. Nadjiya kasalxonadan qaytganidan so'ng Nadjiyani qizi orqali Alpni uyini barcha rasmlarini olib keladi. Deniz Qudretning xonasidan Istanbul xaritasini olib o'rganadi. Qamoqxonadan qochish va alpni oldiga borish rejasini tuzadi. Sevda ismli qizning narsalarini qarab chipni topadi. Qudret ham kirib keladi ammo kechroq.

Azroning onasi qamoqxonaga kelib Zarrin honim bilan gaplashadi va Azro bilan ko'rishadi. Azro onasiga kechirmasligini aytadi. Azroning onasi 2-marotaba kelganida bolasiga donor kerakligini aytadi. Azroning chap qo'lidagi tatuirovkalar onasining sigaret cho'g'i bosilganlarining izlari berkitilgan ekanligini aytadi. Donor ham bo'lmasligi, u bilan ishi yo'qligini aytadi. Bir kuni O'zlem qamoqxona mashinasida azroni kasalhonaga olib boradi. U qizni ko'radi. Chiqib ketayotganida inasi yo'lakda undan iltimos qiladi, ammo u yo'q deydi. Bir oz turib ortiga qaytib qon topshiradi. 

Denizning rejasi amalga oshadigan kun keladi. Nadjiya Qudretni oldiga kelib, Deniz kirxonada ekanligi, chipni yashirayotganligini aytadi. Qudret qizlari bilan birga kiradi. Eshiklarni qulflab, kameralarni yopishadi. Xuseyn Zarringa bu xabarni yetkazadi. Qudret bilan Deniz yakkama yakka kurashadi. Ikkalasining qo'lida ham qurol bo'ladi. Qudret Denizning biqiniga pichoq uradi. Deniz yana kurashib Qudretni qurolsizlantiradi. Yotqizib bo'yniga qurol tiraydi va bu yerda kim boshliq deb so'raydi. Qudret sen deydi. Deniz o'zining qo'lini tomirini kesib olgach Qudretga rahmat deydi. 

Ushbu 42 qism turk tilidagi 21 qismiga to'g'ri keladi.

Kelgusi qismlari televideniyada o'zbek tilida namoyish etilmayotgan bo'lsada bizning saytda kelgusi qismlarini ko'rishingiz mumkin. Mana bu yerda hamma qismlarini topasiz. https://googol.uz/categories/hovli-seriali


Ko'p ko'rilgan maqolalar


20 ta eng oson soch turmaklari. Rasmlar asosida


Har kuni bir xil soch turmagini qilish joningizga tegdimi? Kundalik hayotdagi ko’rinishingizga o’zg...

9-sinflar uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishingi...

2 kunda bola shamollashini tuzatib yuborish.


Bolaning shamollashini 2 kun davomida tuzatib yuborish. Bahor va kuz mavsumida shamollash xavfi uchu...

8-sinf uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishing...