Denizni kasalxonaga olib ketishadi. Zarrin Muratga telefon qilib qaytishligini aytadi, Murot esa bunga rozi bo'lmaydi. O'rhan bilan Murot u yerda tortishib qolib O'rhan ketadi. Murat esa Denizning gapi bilan og'riq bo'lyapti deb o'ylab doktorni chaqirgani ketganida Deniz qochib ketadi. O'rmon orqali qochib chiqib, qamoqxonadagi bir qiz aytgan joyga borib qurol oladi. Ulardan zo'rg'a qochib qutulib mehmonhonaga joylashadi. Mehmonxona ishchisi politsiyani chaqirganini bilib qolib qochishga muyassar bo'ladi. Bir necha kun Sinannikida qolish uchun Azradan uni nomerini olib telefon qiladi. Ularni telefon qo'ng'irog'idan topgan politsiya Sinan uyiga kelib tekshiradi. Ammo Sinan Denizning yetib kelishiga politsiyani chaqirib qo'ygan bo'ladi. Deniz yetib kelguncha Alp kelib uni otib ketadi. Negaki Azra  chipni topib Sinan dars o'tgan vaqtda yashirincha unga beradi. Uni ochib ko'rishligi, pullarni singlisini davolashga ishlatishi to'g'risida yozib ham beradi. Buni ko'rgan ayol Qudretga buni aytadi, Qudret Alpga aytishi zahoti Alp keladi. Ungacha Sinan chipni ochib joylarni belgilab qo'ygan bo'ladi.