"Hovli" serialining rasmlari


Hovli serialining rasmlari katta va yaxshi sifatda. Ko'pchilik e'tiboini tort gan ushbu turk seriali haqida ko'pchilik turlicha fikrlarni bildirmoqda. Bu film aslida qamoqxonadagi hayot, bezorilik, zo'ravonliknigina emas, bu serialda ayollar va onalar dardi, qayg'ulari ifodalangan. Agar shunday yomon serial bo'lsa nega hamma odamlar ko'ryapti. Haftasiga 4000 dan ortiq izlash natijalari mana shu serialni ko'rsatmoqda. Hamma o'ziga kerakli narsani olish uchun ko'radi. Kimdir bu qamoqxona, bezorilik, tabiyasizlik deyayotgan bo'lsa demak u insonga shu kerak. Bu serialda shu tarafini ko'ra olyapti xolos. Ammo boshqa tomondan qaralasa jinoyatga jazo muqarrar ekanligi, birgina xato uchun butun umr azob tortishligini, bir muammoni hal qilaman deb minglab muammolar ichiga tushib qolish mumkinligini ko'rsatmoqda. So'nggi bor qilaman, boshqa qilmayman degani bilan ana shu so'ngi borasi birinchisi bo'lib yomon ishlarni boshlab berishi mumkin ekanligini tushuntirib berilgan. Bu holatlar hayotiy emas ammo bo'lmasligiga kim kafolat bera oladi. Agar shunday xato qilinsa shu kabi holatga tushib qolish mumkinku axir.

So'ngi paytlarda yaratilgan kinolarga e'tibor bersak, qalbimizni titratadigan ta'sir doirasi kuchli bo'lgan kinolar kamayib ketdi. Axir sevgi muxabbatdan boshqa narsalar ham bor-ku bu hayotda. Odamzot hech qachon to'ymaydi, hali u, hali bu kam deb yashaydi. Boriga shukur qilishni bilmaydi. Mana shu kabi qismatlarni ko'rib turib ochiqlikda, erkinlikda yashayotganining o'zi baxt ekanligini tushunib yetishga turtki bo'larmikin insonlarga. Ayollar bolalarni tug'ishadi, shunchaki 20 oshdan o'tgan keyin erga tegmasa mahalla gap so'z qilmasligi uchun tegadi, to'ydan keyin darroz bola tug'masa tug'mas deb gap so'z qilmasliklari uchun tug'adi. Bu bola unga kerakmi, oona bo'lishga tayyormi? hech kim bu haqda o'ylamaydi, Tug'ish kerakmi, tug'adi. Keyinchi bola kasal bo'ladi, kuni bo'yi faqat bola bilan band bo'ladi, qiyinchiliklar tushganidan keyingina bu haqda o'ylaydi yoki peshanam qursin deya, hamma muammolariga, erta kundan orzulari so'nganiga. ko'chaaga chiqa olmay, ishlay olmay, qolganiga bolani aybdor deb bilishadi. Bekor tug'ibman deb ham o'ylashadi. Zo'rg'a jon berib jon olib tuqqani esida qolmay bolani, so'kadi, uradi. Ko'chaga chiqarib qo'yadi, bolar bilan o'ynaydi, ishi yo'q "Tashlab qo'yganga tosh tegmas" degan naqlga amal qilib yashaydi. Ishga ketadi, bolasi obedgacha maktabga borib keladi, qorniga uyda bor topgan tutgani yeydi va ko'chaga chiqib ketadi. Ona esa juda borsa telefon qilib qo'yadi. Ishdan charchab kelib ovqatini qiladi, kirini yuvadi, uyini ishini qiladi tamom. Bola-chi?

Bola buyuk ne'mat, Allohning bergan mo'jizasi. U seni bolang, seni o'zing, 2-yarming. Yo'qotgandan keyin emas borida qadrlash kerak. Bola tarbiyani ko'chadan emas sendan olishi kerak. Kino qahramoni kabi azobga tiushmaslik uchun oldindan harakat qilish kerak. 

Yuklab olishni xoxlasangiz kommentariyaga yozing.

 

 

"Hovli" serialining qo'shiqlari:    https://googol.uz/post/hovli-seriali-qoshiqlari

"Hovli" serialining qahramonlari ta'rifi:   https://googol.uz/post/hovli-seriali-qoshiqlari


Ko'p ko'rilgan maqolalar


20 ta eng oson soch turmaklari. Rasmlar asosida


Har kuni bir xil soch turmagini qilish joningizga tegdimi? Kundalik hayotdagi ko’rinishingizga o’zg...

9-sinflar uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishingi...

2 kunda bola shamollashini tuzatib yuborish.


Bolaning shamollashini 2 kun davomida tuzatib yuborish. Bahor va kuz mavsumida shamollash xavfi uchu...

8-sinf uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishing...