Janob satirik haqida


Yaqinda telegram ijtimoiy tarmog'ida "Janob satirik" kanalidagi ajoyib hazillarni ko'rib a'zo bo'ldim va kuzata boshladim. Ushbu kanal egasi Abbos Serobov ismli oliy o'quv yurti talabasi bo'lib, satira va qisqa hikoyalar yozadi. Asosan talabalar hayotidagi achinarli va kulgili, yaxshi va yomon, qiziqarli va alamlari xolatlarini hazilga yo'yib, achchiq haqiqatlarni ifodalab beradi. Uning kanali haqidagi ma'lumotlriga nazar tashlasak kanaliga "Hazil va sarkazmni yoqtiradiganlar uchun maxsus kanal" deb ta'rif bergan. Bir oz quyiroqda esa "Kulgu tagida fojea, kinoya tagida haqiqat borligini unutmang" deya yozilgan so'zlarga ko'zimiz tushadi. Demak muallifning o'zi ham satirika orqali haqiqatni yoritib berishni maqsad qilgan va maqsadiga yeta olgan. Bir kuzatuvchisi sifatida yuqoridagi yozgan ta'rifimga e'tibor bering. 

Kanali: https://t.me/janobsatirik

Shaxsiy blogi: @abbosserobov

Bog'lanish: @janobsatirik_bot

Facebookdagi profili: https://www.facebook.com/abbos.serobov

Quyida esa yozgan satirikalardan namunalarni ko'ring

 

"ТАЛАБАЛИК ДАФТАРИДАГИ ҲАҚИҚАТЛАР" туркумидан

① Чет елда магистратурани ўқиш биринчи курс талабанинг мақсади.

② Ўзимизни энг зўр ОТМда магистратурани ўқиш иккинчи курс талабанинг мақсади.

③ Магистратурада ўқимай туриб, энг зўр жойга ишга кириш учинчи курс талабанинг мақсади.

④ Ишқилиб дипломни олгандан кейин мардикор бозорга тушиб қолмаслик тўртинчи курс талабанинг мақсади :)

* * *

- Эй дўстим, Домла йўқол деб университетдан ҳайдаб юборганидан бери дарсга борганим йўқ!
- Нимани кутяпсан, аҳмоқ?
- Домламнинг "Хафа бўлиш йўқ" кўрсатуви эди деб айтишини кутяпман))

* * *

-Ada, domla doim ''Shu sani joying'' deb mani burchakka turģizib qòyadi.
-Xòp deb òsha joyni kadastr qilib qòy, hali qimmat bòladi.

* * *

Yangi oʻqishga kirgan talabalar suhbatidan:
- Maktab payti 1ta qiz bilan, kollej payti 2ta qiz bilan aloqam bor edi. Universitetga kirib 3ta qiz qilib olmasam boʻlmaydi
- Gaplashish uchun koʻplik qilmaydimi?
- Qanaqa gaplashish! Konspektlarni toʻldirib yurish uchun

* * *

Talaba qishlogʻiga keldi va sinfdoshlari bilan kafega kirdi. U talabalik hayotini oʻrtoqlariga maqtanib gapirib berdi. Lekin ...
Schot kelganda sinfdoshlaridan qarz olib turishga toʻgʻri keldi. Stipendiya chiqsa albatta qaytarishini aytdi

* * *

- Voy dugonajon, qayerga topshirding?
- ''PedFak''ka topshirgandim, kirolmadim.
- Endi nima qilasan?
- Sovchilar kelyapti, endi ''ErFak''ka topshiraman.

* * *

- Janob Satirik, terma jamoamizga yaxshi aldaydigan futbolchilarni Braziliyadan olib kelish kerakmi yoki Ispaniyadanmi?
- ''Yoshlar ittifoqi'' dan olib kelish kerak. Chunki, yaqinda ular ''kontraktni 35% ini to‘lab beramiz'' deb hamma talabani alday oldi.

* * *

У ҳамма қатори Тошкентга бориб ўз шевасини йўқотиб қўйганди.))

* * *

Она-бола сигирим мани ёмон кўради, айбим уларни она-бола контракт деганим:)

* * *

Ёш кетаман, қари ўламан деб қўрқитади.

Ҳозир: Блогер ёзаман деб қўрқитади :)

* * *

Биринчи курсни тугатдим. Қолгани яна 36 миллион сўмдан кейин  тугайди.))

* * *

Эшаклар мактабида:

- Ҳой, тур ўрнингдан. Хонадан чиқиб кет! Ҳеч нарсани билмайсан. Катта бўлсанг сени колбаса цехгаям олишмайди:))

* * *

#Унинг #менга #решатка #билан #бошланадиган #ҳештеглари #ёқарди_да

* * *

Ёш Болакайларга у бу нарса(қанд-қурс, шоколад) берсангиз дарров сизни яхши кўриб, яхши муносабатда бўла бошлайди.

Қисқаси, айрим ташкилот ходимлари ҳалиям ёш боладе)))

* * *

Унинг талантлари ичида селфига тушиш маҳорати юксакроқ эди...

* * *

Негадир Уйимдаги боқаётган буқаларим имтиҳоннинг шаффофлигига ишонишмаяпти.))

* * *

- Ҳаво иссиқлиги учун  сув қўйишибдику, лекин қопқоғида ютуқлар қўйилмаган эканда.))

* * *

Ҳозир бир-иккита клип томоша қилгандим.
Ишлам калламай қолди.

Тееез Турк сериаллари орқали маънавиятимни сразу кўтариб олишим керак.


Ko'p ko'rilgan maqolalar


20 ta eng oson soch turmaklari. Rasmlar asosida


Har kuni bir xil soch turmagini qilish joningizga tegdimi? Kundalik hayotdagi ko’rinishingizga o’zg...

9-sinflar uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishingi...

2 kunda bola shamollashini tuzatib yuborish.


Bolaning shamollashini 2 kun davomida tuzatib yuborish. Bahor va kuz mavsumida shamollash xavfi uchu...

8-sinf uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishing...