Kategoriya: Sinf soati

Madhiyani kuylaylik. Sinf soati dars ishlanmasi


Sana:                        14-mavzu: “Madhiyani kuylaylik

(10-dekabr-O`z.Res.Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning  maqsadi:

O`quvchilarda ona – Vatanga, davlat ramzlariga hurmat,g`ururlanish tuyg`ularini tarbiyalash; o`quvchilardagi o`zi tug`ilib o`sgan Vataniga bo`lgan mehr-muhabbatini rivojlantirish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish,  va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.

Kun shiori: Ellar aro yangrayver madhiyam ¡

Tarbiyaviy mashg`ulotning  jihozi:DVD,disk,plakatlar

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:O`quvchilarning   darsga  tayyorgarligi, navbatchi  axboroti.

O`quvchilarni guruhlarga ajratish

II.Asosiy qism:

Mashg`ulot savol va topshiriqlarni ketma-ket bajarish orqali o`tadi.

1-savol.Ushbu rasmlardan foydalanib,  mustaqillik bayrami bilan bog`liq

belgilarni ko`rsating. (1-rasm.)

O`quvchilarning taxminiy javoblari:  paxta,  bug`doy,  tabiat,  quyosh,  tiniq

suv, bayroq, gerb.

2-savol.Davlatimiz bayrog`ida necha xil rang bor va ular nimani

anglatadi?  Ushbu rasmlar orqali davlatimizning bayrog`iga ta`rif berishga harakat qiling. (2- rasm. Davlat bayrog`ining rasmi)

O`quvchilarning tahminiy javoblari: 4 xil, oq, yashil, ko`k, qizil.... 

3-savol: Davlatimiz gerbini bilasizmi? Gerbimizda nimalarning rasmi  bor?

Ushbu rasmlar asosida davlatimiz gerbiga ta`rifberishga harakat qiling. (3-rasm)

4-savol: Davlatimiz madhiyasini bilasizlarmi?  Kelinglar,  davlatimiz madhiyasini birga ijro etamiz. (Davlat madhiyasining musiqasi (minusovkasi)  ijro etiladi, o`quvchilar unga jo`r bo`ladilar.)


  • O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qachon qabul qilingan?

-O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.

Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burxonov, so`zini shoir AbdullaOripov yozgan.

III.Yakuniy qism:

Topshiriq:

Madhiya matnini ketma-ket to`g`ri joylashtiring

Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!


Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,
Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Oltin bu vodiylar – jon O`zbekiston,


Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Haqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!
Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,


Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!
Istiqlol mash`ali, tinchlik posboni,


Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Oltin bu vodiylar – jon O`zbekiston,


Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Olamni mahliyo aylagan diyor!


     Davlat madhiyasi ijro etilayotganda qanday ahloqiy qoidalarga amal qilish kerak deb o`ylaysiz? Nima uchun?

5- savol: Davlatimiz siz bolajonlarga qanday g`amxo`rlik qilmoqda?

O`quvchilarning taxminiy javoblari:  maktablar qurib bermoqda,  bog`chalar

qurib bermoqda, sport maktablari bor. va hokazo.

          O`qituvchi bolalarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi. Bunda u

Avvaldan tayyorlab qo`ygan rasmlaridan unumli foydalanadi va ular yordamida mustaqillik, davlat gerbi, davlat bayrog`I degan tushunchalarga izoh berib o`tadi.

O`qituvchi bolalar bilan birga davlat madhiyasini ijro etishayotganida,  vatanimiz go`zalligini, buyukligini aks ettiruvchi videofilmni namoyish etish maqsadga muvofiqdir. 

Davlat tomonidan  o`quvchilarga  berilayotgan  imkoniyatlarni  birma-bir sanab

o`tadi. (o`qituvchi 1-sinflarga Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan sovg`alarni

eslatadi)

          Prezidentimizning  sovg`asi  ushbu imkoniyatlardan biri ekanligi,  ularga

bildirilayotgan yuksak ishonch ekanligini aytib,  bu ishonchni oqlash uchun  a`lo o`qish va

namunali xulq bilan javob berish lozimligini tushuntiriladi. 

Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish

To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling

Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:

Reklama
Reklama