Madina Qurbonovaning blogi

#I love rain

Madina Qurbonovaning

Hayotiy hikoyalari

Yomg'irda soyabon bilan yurishni yomon ko'raman. Afsuski, kitoblarimni ham asrashga majburman. Kichkinaligimdan uydan soyabonsiz qochib chiqib ketardim. Faqat kitob bilan ko'chaga chiqishga to'g'ri kelsagina, yomg'irdan kitoblarimni ustun qo'yardimBugun ham bolaligimni esladim, bo'yi pastgina(kichkinagina) qizcha edim. 6-yoshda edim(maktabga bir yil avval borganman). Maktabgacha soyabonsiz chiqib ketdim. Ayam orqamdan urushib qoldilar, men qochdim. Qo'limda yaqindagina Alifbe bayramidan keyin olgan O'qish kitobimni quchoqlab olganman. Maktabga borguncha kitobni sumkamga solmadim(sumka solsam yomg'ir tegmasligini tushunmaganman). O'shanda kitobimga juda achingandim. Bugun esa majburiy kitoblarim uchun soyabon bilan ko'chaga chiqdim. O'quv markazimizgacha yayov ketdim(aslida uzoq emas doim yayov boraman. Lekin yuragim o'sha shaharchamizning loy ko'chalarini sog'inibdi...

Ha aytgancha, yomg'ir tomchilarini bargdagi xolatini vanihoyat ifodalay oldim(rasmga tushiroldim)

 

* * * * * 

Begona shahar... Kezib boraman. G'alati o'y-xayollar va g'alati odamlar. Birov bilan birovni ishi yoq. Hamma o'z manziliga shoshadi.Ularni soatlab kuzatging keladi. Qani vaqt chegarasiz bo'lsa-yu, bekatda o'tirib odamlarni kuzatsang...Yupiterimga ketgim keldi...Yerliklar menga begona..

* * * * * 

5 yil... arzimagan besh yil... Biror kuni sizni eslamasdan, yig'lamay o'tmagan 5 yil...
Esingizdami umuman yig'i nimaligini bilmasdim?Bir marta "-Hozir kuchli bo'l, hali ko'p yig'laysan" degandingiz. Yig'ladim, shu 5 yil faqat sizning yodingiz uchun yig'ladim. Ha yana eslaysizmi? "-O'lsangiz ham yig'lamayman" deganim...yig'ladim...? "-Zerikdim" deganimda qo'limga kitob berib "-Ol sayohatni boshla" derdingiz. Yosh ekanmanda, battar xafsalam pir bo'lib kitobni stol ustiga tashlab ketardim. Doim o'qi deb bergan kitoblaringizni "O'qidim" deb sizni aldardim(kechiring)Siz ham o'qimaganimni bilarkansiz shekilli, mazmuni haqida so'ramasdingiz. Mirmuhsinning "Me'mor" asarini qo'limga tutqazganingiz esingizdadur? Jahl bilan stol ustiga qo'yib, " Men quruvchi emasman, o'qimayman" degandim. 5 yildan beri shu kitob qayerga borsam menga hamrohlik qiladi. Lekin xatto biror varog'ini ochib qarashga jur'at qilolmadim(haliyam o'qimadim kechiring). Nimaga "Kelishingni kutaman" deb meni aldadiz,kutmabsizku?. "Yomonsiz"? nimaga menga hayotni faqat oq tomonini ko'rsatdingiz.Sizdan keyin qiynalyapman. Siz "ketganingiz"dan keyin hech bir erkakni, xatto dadamni ham sizdek yaxshi ko'rolmadim?
Kechiring, bu yil yoningizga borolmayman. Qizg'aldoqlar terib qabringiz ustiga qo'yolmayman?...
Joyingiz jannatlarda bo'lsin, omin...

2019-yilning 20-apreli, Samarqand shahri

 

 

Mualliflik huquqi himoyalangan.

Matn ko'chirilganda muallifi ko'rsatilsin.

Chop etilgan Maqolalar sana 27 apr, 2019

blog , Madina Qurbonovaning blog , madina , qurbonova , yomg'ir , hayotiy hikoya

Ko'p ko'rilgan maqolalar

20 ta eng oson soch turmaklari. Rasmlar asosida

Batafsil

9-sinflar uchun elektron darsliklar

Batafsil

2 kunda bola shamollashini tuzatib yuborish.

Batafsil

8-sinf uchun elektron darsliklar

Batafsil

7-sinflar uchun elektron darsliklar

Batafsil

Do'stlarga ulashing:

Kommentariya qoldirish