Kategoriya: MMIBDO'

Maktablarda 5-tashabbus hisoboti


Namuna uchun

_______ tumani XTBga qarashli ____- umumiy o‘rta ta'lim maktabida Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ayniqsa o‘quvchi-qizlarning mustaqil hayotga tayyorlash, ularda boshqaruv va raxbarlik qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 
MA'LUMOT


Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ayniqsa o‘quvchi-qizlarning mustaqil hayotga tayyorlash, ularda boshqaruv va raxbarlik qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida maktab xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qayta o‘rganib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aniq takliflar berildi. O‘quvchi-qizlarning mustaqil hayotga tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish maqsadida 9-10 sinf o‘quvchi kizlari o‘rtasida “Men pazanda o‘quvchiman” nomli ko‘rik tanlov o‘tkazildi. 10-11 sinf o‘quvchi-qizlarni hayotga tayyorlash, ularni kerakli hunarlarni egallashi uchun yanada yaqindan ko‘maklashish maqsadida Shaxartepa MFYda joylashgan hunarmand oilalarga jami 26 nafar o‘quvchi-qizlar “Ustoz - shogird” an'anasiga muvofiq biriktirildi. Shu bilan birga 9-11 sinf qizlarning Marg‘ilon shahridagi “Yodgorlik” hunarmandchilik markaziga tashriflari amalga oshirildi. Maktabning 8-11 sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida “Mening oilam eng toza va obod xonadon” mavzusida insholar tanlovlari, “Yoshlikni qadrlang”, “Vaqt qadri” mavzularida davra suxbatlari hamda o‘quvchi-qizlarni tikuvchilikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Men dizaynerman” nomli ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi. O‘quvchi-qizlarda boshqaruv va raxbarlik qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida “Men ham raxbar bo‘laman” mavzusida maktab xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va yoshlar yetakchisi ishtirokida seminar trening o‘tkazildi. Ushbu seminar treninga jami 48 nafar o‘quvchi-qizllar jalb etildi. Maktabda tashkil etilgan “Moxir qo‘llar” hamda “Yosh hunarmandlar” to‘garagi a'zolari va mexnat fani o‘qituvchilari ishtirokida “Pishiriqlar” hamda “Hunarmandchilik buyumlari” yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkaga 215 nafar o‘quvchi-qizlar jalb etildi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbir rejalari tuzulib, yana amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirib olindi.

Maktab direktori: ____________

2020 yil yanvar

Reklama
Reklama