Kategoriya: Maqolalar

O'qituvchilar: tanqidiy tahlil


Biz maktab o'quvchilari o'rtasida ijtimoiy so'rovnoma o'tkazgan edik. Bir xaftada ota-ona farzandi uchun qancha vaqt ajratadi.. O'quvchilar aniqlab berishdi. 

57 foiz ota-ona 1 haftada 2 soat vaktini farzandi uchun ajratar ekan.21 foiz ota-ona 1 soat, Ming afsuski 45 minut vaqt ajratadigan ota- onalarimiz ham bor ekan...Bu shunchaki raqamlar emas, hohlasangiz biriga bo'lgan vaqtingizni emas, muloqotingizni tekshirib ko'ring..

* * *

Ingliz tili kitoblarini qayta tayyorlash kerak. Hozir kitoblarda na grammatika, na tekst ustida ishlashga o‘rin bor!!! Mantiqan o‘ylab kitob yozish kerak, hurmatli mualliflar.

Yoki bizdan yordam so‘rang

* * *

Bu yilga rejalar darslikka to‘g‘ri kelmayapti. Ta’lim shundog‘am zo‘rga yelkasidan nafas olyapti. Darslikdan boshqa mavzu rejada boshqa bo‘lsa bechora uqituvchi nima qiladi. Kelgan tekshiruvchi birinchi navbatda jurnal bilan rejani solishtirarkan.

* * *

Darsliklar umuman tushunarsiz. Ayniqsa 8 sinf ingliz tili. Muallifni o'zi dars o'tmasa kerakda

* * *

Darsliklar boshqa fanlar bilan moslashtirilmagan. Masalan ingliz tilida soat mavzusi bo'lsa. Lekin bolalar hali bu mavzuni daqiqa soniyalar soatni o'z tilimizda bilishmaydi. Hali o'tilmagan, o'rgatilmagan bo'ladi.

* * *

Umuman yoqmaydi ingliz tili kitobi. Ayniqsa maxsus maktablarga bu kitoblar to'g'ri kelmaydi.Vazirlik haligacha maxsus maktablarga kitob chiqarmagan. Ilgari Rossiya kitoblari bo'yicha shug'ullanardik. Afsuski vazirliklan tekshiruv kelganda buni tanqid qildi. O'zimizning fly high kitoblardan shug'ullaninglar dedi. Ayni shu vaqtdan keyin o'quvchilarning bilimi tushib ketdi. Sababi fly high.

* * *

Umuman mavzular bir biriga zid. Man o'ylimanku new headway round up hamda way ahead kitoblardek ketma ket bir biriga uzviy boģliq tarzda ishlab chiqish kerak. Shunda qandaydir o'zgarish bo'larmidi

 

Maktab o‘qituvchilari konspekt, yana turli qog‘ozlar bilan o‘ralashib qolgan. Repetitor yozmaydi, faqat o‘rgatadi. Shuning uchun yutuq ular tarafda.Ularni komissiya tekshirmaydi, tinmay test, yozma ishlar topshirmaydi.Shunchaki o‘zlari uchun saviyalarini oshirishga harakat qilishadi. Bitta guruh ochib, shundog‘am o‘qish ishtiyoqidagi bolalarni o‘qitishadi. Maktabdagi ustozlarchi, o‘qishni xohlamaydigan bolalar bilan ham ishlashi kerak.Komissiyaga hujjat tayyorlashi kerak....

Только не забывайте про то, что работая в школе, идёт стаж, пенсия.

* * *

Shu yaqin orada maktabimizga tekshiruvchilar keldi, endi shu qo'lda yozgan konspektlarimizga ham gap topishdi, nima emish, talabga javob bermasmish....Talabga javob beradigan konspektni yozib ko'rsat, yordam ber, qo'lingdan kelsa.

* * *

Mana shu to'g'ri hulosa . Men shuni anglaganman maktabga kirganimdayoq. Yuklamalar, har hil papkalar, metod birlashma hujjatlari, dars tahlillari va ochig'i konspekt ham umuman befoyda vaqtni oluvchi narsalar deb o'ylayman. Men yuzlab lab o'qituvchini darsini tahlil qilsamda baribir o'z uslubimda dars o'taman ochig'i. Qog'ozbozlik oshiqcha . Nega endi kelgan tekshiruvchilar hujjatlarga qarab hulosa yozib ketaveradi. Men masalan to'garak hujjatimga haftada 2 marta o'tildi deb yozaman va konspekt yozaman. Lekin amalda 4 kun o'taman . Lekin agar men hujjatini yuritishni unutib qoldirsam 1-2 haftaga men ma'suliyatsiz o'qituvchiga chiqaman ular uchun. Keyin u kelgan komissiyalarni boqish esa umuman ortiqcha. Undan ko'ra kelgan tekshiruvchi o'sha o'qituvchini darsiga kirib ko'rsin saviyasini ,nutqini bilimini ko'rsin, konspektdan kamchilik izlamasdan. Kam yozibsiz u bu demasdan.

* * *

Bekor gap. Repetitor o'qituvchidan ko'p ishlaydi. Xam uzini ustidan, xam o'quvchi ustidan.

* * *

To‘g‘ri.Bugun bizning yig‘ilishda shu fikr muhokama qilindi

* * *

Repetitorga faqat o'zining fanini o'qitadi. Boshqa qog'ozbozlik qilmaydi. O'qituvchilar esa xamma narsaga javobgar. Tekshiruvchilar fakat 3 ta xujjat tekshirish kerakligini unutishgan chamamda

* * *

Repetitorning darsida faqat ayni fanga qiziqadigon a'lochi ukuvchilar o'tiradi. Ularga mvzuni tushuntirish oson. Maktablarda-chi.Bir sinfda turli xarakterdagi bolalar o'tiradi. Ularning, har biriga o'ziga xos yondashuv kerak. Bu ancha mashaqqatli

* * *

Repititorni faqat natija qiziqtiradi. O‘qituvchilardan ota-onalar majlisi bayonnomasi uni rasmi maktab hududini o‘quvchilar supirdimi oldingi holat rasmi keyingi holat rasmini jo‘nat shunga o‘xshash qog‘ozlar talab qilinishda davom etmoqda. Eski sistemada qotib qogan ayrim rahbarlar.

* * *

Repititor yomon o'rgatsa pul ololmaydi. O'qituvchi yomon dars o'tsa ham oylik oladi. Eng to'g'risi darsini kuzatib o'qituvchiga baho berish. Kundalik reja so'rash to'g'ri. Chunki uni yozib o'qituvchi tayyorlanadi. Yozmasa darsga tayyor bo'la olmaydi. Darsda uyalib qoladi.

* * *

Sizlar qachondan beri repititorlar ishini yaxshi deydigan bo'ldinglar. Oldinlari institutlarga davlat granti asasosida u o'qishga kirgan talabalarni maktab ustozlari o'qitganini unitib qo'ymanglar. Sizlar aytgan repititor maktabdagi bir ustozni ishini eplolmaydi. O'qituvchilik kasbini nonini eyish juda qiyin.

* * *

To'ppa to'g'ri man 7 yil dars berdim 4 yildan buyon repititorlik qilib o'z kasbimning USTASI bo'ldim

 

Reklama
Reklama