Kategoriya: Sinf soati
O’zbekiston-ona Vatanim Sinf soati dars ishlanmalari
1- mavzu:“ O’zbekiston-ona Vatanim!”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish va milliy g`urur tuyg`ularini uyg`otish.Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash, nutqini o`stirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori: Sen-qudrat manbayi,saodat maskani,jonajon O’zbekistonim !
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi :
Vatan ona, Vatan chamandir,
Vatan quyosh, Vatan osmondir.
Vatan she`rdir, Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.
II.Asosiy qism:
Vatan-bu sen,ota-onang,oilang va do`stalring yashayotgan yer. Vatan –bu sen bilan birga yashayotgan qushlar,daraxtlar.
Ko`chadan kelar ekansiz,yuzlab derazalar ichidan o`z uyingiz derazasiga qaraysiz.Nega boshqa derazaga qaramaysiz?Chunki o`sha derazaning ichida sizning vataningiz bor.
Z.M.Bobur o`n ikki yoshida podshoh bo`lgan.U katta harbiy yurishlar qilgan.Hindistonda Andijondan olib borilgan qovunni yeb shoh Bobur yig`lab yuborgan ekan.U vatanini qattiq sog`ingan.Qovun olib borganlar vatanini olib borisholmasdi-da.
Bizning VatanimizO`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz tug`ilib o`sgan maskan. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go`zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag`ri keng va oliyjanob xalqimiz bor.
Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug`ilib o`sdim. O`zbekiston juda go`zal diyor. O`zbekistonda go`zal bog`lar, yuksak tog`lar, bepayon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go`zal shaharlar ko`p. O`zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo`lib, go`zallikda tengi yo`q. O`zbekiston jannatmakon diyor.
Bizning yurtimizda yoshlarga juda katta e`tibor qaratilgan. Chunki biz yoshlar O`zbekistonning kelajagimiz. Biz yoshlarning yaxshi yashashimiz, yaxshi ta`lim-tarbiya olishimiz, dam olishimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yurtimizda bizning yaxshi ta`lim-tarbiya olishimiz uchun yangidan-yangi maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o`quv yurtlari bunyod etilgan. Biz yoshlarning jismonan baqquvat va sog`lom bo`lishimiz uchun sport inshootlari va maydonlar, suv havzalari qurib bitqazildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim” deb aytmaganlar. Shu sababli ta’limni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish, deb e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligi buning isbotidir.
Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiishlab chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda.
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada
isloh qilish
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish
- Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT
Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,
Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.
Qara axir bizga sharoit,
Yaratmatmoqda beshta tashabbus.
Tabiatni turfa tasvirlab,
Rasm chizib bera olgin tus.
YOki qo‘shiq aytgin baralla,
Seni qo‘llar beshta tashabbus.
III.Yakuniy qism:
Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta`tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o`ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo`lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O`z tanlagan yo`li, o`z aytar so`zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti Savol:.
-Biz ham barkamol avlod bo`lishimiz uchun o`zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog`imiz darkor? -(…).
Tarona guruhining “O`zbekiston” qo`shig`i tinglanadi.
-Qo`shiq nima haqida ekan?
-Vatan haqida ekan.
O`quvchilarning javoblaridan so`ng “BBB” metodi orqali vatan haqidagi ma`lumotlar umumlashtiriladi. O`quvchilar aytishadi.O`qituvchi ularning javoblarini xattaxtaga yozadi.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling
Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022