Ozoda Haqberdiyevaning blogi

Farzandlarim uchun chidashga majburman…(qizim kundoshim)

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman

1-maktab o’qituvchisi 

Ozoda Haqberdiyeva                                             

Inson hayotga nima uchun keladi? Kimdir yaxshi yashab yaxshi nom qoldirishga harakat qiladi, kimdir faqat o’z manfati uchun har qanday yovuzlikdan tap tortmaydi.

Qunduz(ismlari o’zgartirilgan) tarbiyali, ma’suliyatli oilada voyaga yetdi, ota onasi Ollohga e’tiqodi mustahkamligi tufayli besh vaqt nomozni kanda qilmas, va farzandlarga ham buni o’rgatar edi. Ota onasi Qunduzni qo’shni qishloqdagi yaxshi bir yigitga uzatishmoqchi bo’lishdi, U qarshilik qilmadi ota onasi farzandlariga faqat yaxshilikni ravo ko’rishini bilardi.

Qunduz Rasul bilan 5 yil yashadi. Uning hurmacha qiliqlari, ichib kelib urishlari balkim farzandsizlikdir deya bola asrab olmoqchi bo’ldi. O’zidan katta opasiga maslahat soldi:

-“To’rtinchi farzandim Shohida hali 2 yoshda, senga bersam olasanmi? Bilasan har kuni daladaman pochchangga qarashmasam bo’lmaydi, jiyaning qarovsiz qolib ketyapti biz uchta bolani boqolsak ham katta gap”.

Shunday qilib Shohida Qunduzni ona deb kata bo’ldi, 3 yildan keyin Olloh ularga ham qiz  farzand ato etdi,  lekin Rasulning it fe’li o’zgarmadi, Qunduzni arzimagan sabab bilan urar tepkilar, bu azoblarga chidolmasdan ajrashmoqchi bo’lsa muloyim supurgiday o’zgarib qolardi. Kunlar oylar, yillar o’tib yana bir qiz farzandli bo’lishdi. Lekin Rasul o’gil tug’mading deb janjal qildi, Xudo o’g’il ham berib qolar deya barchasiga chidadi. Asrab olgan jiyani Shohidani o’gayligini xech kimga bildirmadi o’z bolasiday katta qildi.

Rasul qilib pul topardi, bazan juda ko’p pul ishlardi, lekin farzandiga oilasiga sarflamasdan kayfu safoga saflardi. U ayollarga o’ch edi, xotini Qunduzga tug’ib semirib ketyapsan deb ochiqdan ochiq betiga aytardi.

Uchinchi farzandiga homilador bo’lgan kezlarda asrab olgan qizi 16 yoshga to’lib husniga husn qo’shilib chiroyi ochilib borardi, nimagadir  Rasul tez tez bozorga yoki do’konga deb faqat Shoxidani olib ketardi. Uzoqroq mehmonga borib 2-3 kun qolib ketadigan bo’lishsa nimanidir baxona qilib –“Qunduz sen bollar bilan o’zing boraver men qizim Shohida bilan o’tirib turaman”,- deb qolardi. Bunday holat bir necha marta takrorlandi.

Bir kuni Rasul uyga kelmadi, tonggacha Shoxida mijja qoqmadi. Qunduzning “qizim uxlay qol, dadang kelsa turg’izaman”, degan sozlari kor qilmadi. Qunduz hayron bo’lib- “dadasida, havotir olyaptida”,- deb o’yladi. Tongga yaqin Rasul kirib keldi, Shohida yugurib uning quchog’iga otildi. Negadir bu holat ota bolaning mehribonchiligiga o’xshamadi.

Qunduz miyyasiga kelgan yomon o’ylardan o’zi ham qo’rqib ketdi va:-“ishqilib adashayotgan bo’layda”-,deb dasturxon ustida, televizor tomosha qilayotganda, ishga kuzatayotganda qizi Shoxida va erini kuzata boshladi. Shoxidaning eriga qilayotgan noz karashmalari, erining ko’z ishoralari bilan erkalayotgani, iloji boricha pinxona qolishga intilayotgani, yolg’iz qolishganda esa oshiq mashuqlarday bir biriga talpinayotganini sezib qoldi va ich ichidan o’z qizim deb bag’riga bosib katta qilgan bolasi kundoshi bo’lib chiqqanidan qattiq nadomat chekdi, xatto xomilasini oldirmoqchi bo’ldi, lekin Xudodan qo’rqdi. Bularning barchasiga suyuqoyoq eri aybdor, yosh nihollday qizni yo’ldan urgan, avrab aldagan.

 Qunduz barcha qarindoshlarini chaqirib bo’layotgan barcha ishlarni aytib bedi, zora ota onasi to’g’ri yo’lga qaytara olsa. Aka ukalari bu voqealarni eshitib Rasulni rosa kaltaklashdi-“Hey nomard, qizim deb tan olgan qizni xotin qilasanmi? Ertaga o’z qizlaring katta bo’lsa ularga ham shu ishni qilasanmi?”. Rasul ularning mushtumidan arang qutulib qoldi.

Ota onasi Rasulni “oq” qildi, Qunduzning opasi ham “bunday qizim yo’q” dedi, barcha yaqinlari ulardan yuz o’girdi.

Hayotning daxshatli sinovlari  ko’p ekan, sharmandaga shahar keng deganday, Rasul endi ociqchasiga Qunduzning ko’z oldida Shoxida bilan er xotin bo’lib yashay boshladi. Qunduzning janjallariga parvo ham qilmadi, -“qayoqqa borsang bor, agar uchastka noziriga aytsang bollaring bilan ko’chaga haydayman, uchta bola bilan seni kim uyiga sig’dirardi”,- deb do’q po’pisa qildi. U noiloj farzandlari uchun ko’nishga majbur bo’ldi, ularni Xudoga soldi. Rasulning uch farzandi ich-ichidan dadasidan nafratlanib yashaydi, mana bir necha yildirki SHoxida farzand orzusida yashayapti…

Aziz tengdoshim turmush o’rtog’ingiz yoningizda, uyim joyim deb yursa shukr qiling. Ortiqcha hoyu havaslarni deb behuda janjallar sababchisi bo’lmang.

 

 

 

Mualliflik huquqi himoyalangan.

Matn ko'chirilganda muallifi ko'rsatilsin.

  

 

 

                                                                                  

Chop etilgan Maqolalar sana 27 apr, 2019

Ozoda Haqberdiyevaning bl , blog , ozoda , haqberdiyeva , ozoda haqberdiyeva , farzand , chidash

Ko'p ko'rilgan maqolalar

20 ta eng oson soch turmaklari. Rasmlar asosida

Batafsil

9-sinflar uchun elektron darsliklar

Batafsil

2 kunda bola shamollashini tuzatib yuborish.

Batafsil

8-sinf uchun elektron darsliklar

Batafsil

7-sinflar uchun elektron darsliklar

Batafsil

Do'stlarga ulashing:

Kommentariya qoldirish