Pisa namunalar


Oʻzbekiston taʻlim sohasida islohatlarning yangi bosqichi hisoblangan PISA dasturida ishtirokiga tayyorgarlik bosqichi ustozlardan oʻz ishlariga yangicha yondashishni talab etadi. Bu tizim mamlakatimizda yangi, bu borada ishlar endi boshlanganini nazarda tutsak, birinchi navbatda oʻqituvchilarni bu tizim bilan tanishtirish, tizim talabi va imkoniyatlarini ularga tushintirish kerak boʻladi. Shu maqsadda, PISA testlarini tuzish va ular bilan ishlash boʻyicha koʻnikma hosil qilish maqsadida, asosiy yoʻnalishlar boʻyicha turli fanlarga aloqador sinov materiallardan namunalar tuzildi.

(PISA 2009 sinovida tushgan test tarjimasi)

Makondo

(Gabriyel Garsiya Markesning “Tanholikning yuz yili” romanidan parcha)

Makondo aholisi ham texnika asri ixtirolaridan bahramand boʻla boshladilar. Ular Auriliano Tristi poyezdda olib kelgan generatorning toʻtovsiz tum-tumiga koʻnikishlari qiyin boʻlgan boʻlsa ham, generatordan quvvat olayotgan lampochkalarga tunlari uxlamay, termulib chiqishardi. Savdogar Don Bruno Krespi teatrda namoyish qilgan, har bir tamoshasi uchun chipta ikki sentavodan sotilgan jonli tasvirli filmlardagi bir filmda oʻlib, qishloq ahlining qaygʻusiga sababchi boʻlgan qahramonning boshqa filmda Arab savdogari qiyofasida paydo boʻlishi ularning gʻazabini keltirib, teatrdagi oʻrindiqlarning chilparchin boʻlishiga olib keldi. Shahar hokimi Don Bruno Krespi iltimosiga koʻra oʻtkazgan yigʻilishida filmlar koʻngil ochish vositasi ekani, ular odamlarning bu darajada ehtiroslariga arzimasligi haqida maʻruza qildi. Qishloq aholisi bu maʻruzadan keyin oʻzlarini loʻli ayolning hiylalariga aldangan odamlardek his qilib, oʻz tashvishlari ham yetib turganda hayoliy mavjudotlarning muammolarini tamosha qilib, ular uchun ham jon kuydirish niyatlari yoʻqligini bildirdilar va boshqa filmlarni koʻrishga kelmaslikka qaror qildilar.

  1. Filmlarning qaysi jihati aholining jahli chiqishiga sababchi boʻldi?
  2. Nima uchun Makondo aholisi filmlarga boshqa kelmaslikka qaror qildilar?
  3. Ular koʻngil ochishni istadilar, lekin filmlar hayotiyligi va tushkin kayfiyat paydo qilishi ularga yoqmadi.
  4. Ular uchun chipta narxi qimmatlik qildi.
  5. Ular hiisyotlarini haqiqiy hayot uchun asrashga qaror qilishdi.
  6. Ular filmlardan hissiy taʻsir kutishgan edi, lekin filmlar zerikarli boʻlib chiqdi.
  7. Matn oxirida berilgan “hayoliy mavjudotlar” deganda nima nazarda tutilgan?
  8. Arvohlar
  9. Ixtirolar
  10. Film qahramonlari
  11. Aktyorlar
  12. Siz Makondo aholisining filmlar haqidagi fikriga qoʻshilasizmi? Oʻz fikringizni oʻzingizning filmlar haqidagi fikringiz va qishloq aholisi fikrini taqqoslash orqali izohlang.

OʻQISH SAVODXONLIGI  (Adabiyot. Test namunasi)

Badiiy asar va film

Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari asosida suratga olingan filmda baʻzi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Masalan, Kumushbibi chap qoʻlida choy uzatish sahnasi. Filmdagi yana bir lavhada birgina qisqa soʻz tashlab ketilgan. Agar chuqurroq o'ylab ko'rilsa, kinochilar adibimizning topqirligiga putur yetkazib qo'yganini fahmlash mumkin. Asarda Yusufbek hojining Margʻilondan Toshkentga birinchi bor kelgan Kumushbibini kutib olish sahnasi bor. Shu gapga diqqat qiling!

Filmda:

Yusufbek hoji: Margʻilonda shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.

Asarda:

Yusufbek hoji: Margʻilonda ham shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.

  1. Filmdagi bu xato oqibatida qanday maʻno oʻzgarishi sodir boʻlgan deb oʻylaysiz?
  2. Hech qanday oʻzgarish yoʻq
  3. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida Zaynabni ham alqab oʻtadi, filmda bu maʻno tushib qolgan.
  4. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida oʻgʻli Otabekni ham alqab oʻtadi, filmda bu maʻno tushib qolgan.
  5. Asarda Yusufbek hoji Kumushbibiga Toshkentda ham kelini borligini bildirmoqchi boʻlgan, filmda bu maʻno tushib qolgan.
  6. Filmda bu soʻzning tushib qolishiga qanday omil sabab boʻlgan boʻlishi mumkin? Toʻgʻri boʻlishi mumkin boʻlgan hamma javobni belgilang.
  7. Rejissyorning eʻtiborsizligi
  8. Senariy muallifining eʻtiborsizligi
  9. Rejissyorning matnni joʻrttaga oʻzgartirgani
  10. Rejissyorning yo senariy muallifining oʻzbek tili imkoniyatini toʻliq bilmasligi
  11. Abdulla Qodiriyning oʻzining maslahati

(Izoh: Aslida bu savol PISA tizimi talablariga toʻliq javob bermaydi, PISA savolida oʻquvchidan aniq bir maʻlumotni bilish talab qilinadigan savol berilmaydi, lekin biz “Otkan kunlar”ni har bir oʻzbek biladigan hayotiy maʻlumot deb qabul qilgimiz keldi)

Muallif: Raxmonberganov Otabek

MATEMATIK SAVODXONLIK

(PISA testlari 2012 toʻplamidan tarjima)

Anvarning ota-onasi ko’chmas mulk agentligidan sotib olishni moʻljallayotgan uyning chizmasi quyida berilgan:

 

Uy maydonini hisoblash uchun har bir xonaning enini va boʻyini oʻlchash, ularni koʻpaytirib har bir xonaning yuzini hisoblash va natijalarni qoʻshib chiqish mumkin. Lekin Anvar bor yoʻgʻi 4 ta tomonning uzunligini oʻlchadi va matematik hisob kitob yordamida uy jami maydonini aniqladi. Anvar qaysi tomonlarni oʻlchagan boʻlishi mumkinligini suratda belgilang.

MATEMATIK SAVODXONLIK

(PISA testlari 2012 toʻplamidan tarjima)

Dunyo savdo aylanmasining toʻqson besh foizi dengiz orqali tashiladi, bunda ulkan tankerlar, kontaynerli va boshqa turdagi kemalardan foydalaniladi. Bu kemalar odatda dizel yoqilgʻisi yordamida harakatlanadi.

Injinerlar shamol kuchidan kemalar harakatiga yordam berish uchun foydalanishmoqchi. Ular buning uchun kemalarga katta varraklar ulash orqali dizel yoqilgʻisi sarfi va uning atrof muhitga taʻsirini kamaytirishni taklif qilayaptilar.

1-savol: Bunday varraklarning afzalligi shundaki, ular 150 m balandlikda uchadilar. Bu esa kema sathidagi shamol tezligidan 25% ga koʻproq.

Agar kema sathida shamol 24 km/soat tezlikda esayotgan boʻlsa, varrak uchayotgan balandlikda varrak tezligini aniqlang.

  1. 6 km/soat
  2. 18 km/soat
  3. 25 km/soat
  4. 30 km/soat
  5. 49 km/soat
  6. Varrak kemaga ulangan va uning ipi kema tekisligi bilan rasmda koʻrsatilgandek 45° burchak hosil qiladi. Agar varrakning vertikal balandligi 150 m boʻlsa, arqonning taxminiy uzunligini toping.
  1. Disel yoqilgʻisining 1 litri 0,42 zed boʻlganda (zed – oʻylab topilgan pul birligi), NewWave kompaniyasi egalari oʻz kemalarini varrak bilan jihozlashga qaror qilishibdi.

Varrak disel yoqilgʻsini 20% tejash imkoniyatiga ega. Quyida NewWave kompaniyasi kemasining koʻrsatkichlari berilgan:

Ismi: NewWave

Kema turi: Yuk tashuvchi kema (freighter)

Uzunligi: 117 metr

Kengligi: 18 metr

Sigʻimi: 12 000 tonna

Varrak oʻrnatilmagan kemaning bir yillik dizel yoqilgʻi sarfi: 3 500 000 litr

Kemani varrak bilan jihozlash narxi: 2 500 000 zed

Taxminan necha yildan keyin dizel yoqilgʻisidan tejalgan mablagʻ varrak oʻrnatish uchun ketgan mablagʻni toʻliq qoplaydi? Javobingizni asoslash uchun hisob kitoblarni keltiring.

 

 

 

MATEMATIK SAVODXONLIK

Qaysi biri toʻgʻri

(Fanlararo aloqasi: Matematika, Informatika, mantiq)

Quyida berilgan fikrlar bilan tanishing:

  • Quyidagilardan barchasi to`g`ri.
  • Barcha fikrlar noto`g`ri.
  • 8- fikr to`g`ri.
  • 2- fikr to`g`ri
  • Quyidagi fikrlarning hammasi to`g`ri.
  • Yuqoridagilarning barchasi to`g`ri.
  • 8- javob noto`g`ri.
  • Yuqoridagilarning barchasi noto`g`ri.

Berilgan fikrlardan birortasi toʻgʻti boʻlishi uchun matnda uning toʻgʻriligiga zid keladigan fikr boʻlmasligi kerak. Masalan, 1) fikr toʻgʻri boʻla olmaydi, sababi, u 2) fikr bilan bir biriga ziddir. Xuddi shunday mantiq boʻyicha b) fikrni ham toʻgʻri emasligini koʻrish mumkin.

  1. 3-) fikrning toʻgʻri boʻlishiga halaqit beradigan fikrni koʻrsating:
  2. A) 2) B) 5) C) 7            D) 8
  3. 8-) fikrning toʻgʻri boʻlishiga halaqit beradigan fikrni koʻrsating. Javobingizni izohlang.
  4. Boshqa fikrlarning ham toʻgʻriligiga halaqit beradigan kamida 1 ta belgini koʻrsating (agar boʻlsa). Fikrlarning ichida mantiqan toʻgʻri boʻla oladigan fikr bormi?

 

Qachon keladi?

Agar indinga yakshanba bo`lsa, o`tgan kuni “ertaga kelaman” degan odam haftaning qaysi kuni kelishi kerak?

 

Muallif: Raxmonberganov Otabek

TABIIY-ILMIY SAVODXONLIK

Semmelvays kundaligi

Semmelvays kundaligi. 1-qism:

“1846 yil Iyul oyi. Keyingi haftadan men Venadagi Bosh kasalxonaning tugʻriq boʻlimi birinchi palatisida “Janob Doktor” boʻlaman. Bu klinikada tugʻriqni boshdan kechirgan ayollar oʻrtasida oʻlim darajasini koʻrib dahshatga tushdim. Bu oy ushbu palatada tugʻriq qabul qilingan 208 ayoldan 36 tasi “tugʻriq isitmasi”dan olamdan oʻtgan. Tugʻish jarayoni – oʻpka yalligʻlanishi kabi xavfli ekan”.

Har 100 tugʻriqqa toʻri keladigan oʻlim soni

Ignats Semmelvaysning (1818-1865) kundaligidagi bu yozuvlar oʻsha davrdagi koʻplab xomilador ayollarning umriga zomin boʻlgan tugʻriq isitmasini daxshatli asoratlari haqida hikoya qiladi. Semmelveys kasalxona tugʻriqxonasi birinchi va ikkinchi palatalardagi oʻlim xolatlari toʻgʻrisida maʻlumot toʻplaydi (chizmaga qarang).

Vrachlar, shu jumladan Semmelvays ham tugʻriq isitmasining paydo boʻlish sabablari haqida tasavvurga ega boʻlmaganlar. Yana Semmelvaysning kundaligiga murojaat qilamiz:

“1846 yil dekabr. Nimaga ortiqcha qiyinchiliksiz oʻtgan tugʻriqlardan keyin ham bunchalik koʻp ayol vafot etayapti? Yuz yillab ilm-fan bizga ayollarni nomaʻlum koʻrinmas epidemiya oʻdirishini taʻkidlaydi. Bunga havodagi oʻzgarishlar, qandaydir gʻayritabiiy kuchlar yoki yer qobigʻining koʻchishi, zilzilalar sabab boʻlishi mumkinmikan?”

Hozirgi kunda qandaydir kasallikka gʻayritabiiy kuchlarni yoki yer qimirlashini sabab qilib koʻrsatilishi kulgili koʻrinadi, lekin oʻsha davrda koʻpchilik, hatto baʻzi olimlar ham shunday deb oʻylashgan. Lekin Semmelvays bu hodisalarga zilzila sabab boʻlayotganiga ishonmaydi va hamkasblarini ham bunga ishontirishga harakat qiladi.

Oʻzingizni Semmelvaysning oʻrniga qoʻyib koʻring. Toʻplangan maʻlumotlarga koʻra, nima uchun zilzila bu kasallik sababi boʻla olmasligini izohlang.

 

 Xalqaro talablarga mos pisa testni buyurtma asosida tayyorlab berishmizni xoxlasangiz +998 99 722 82 56 yoki telegramda @websoftware ga murojaat qiling.


Ko'p ko'rilgan maqolalar


20 ta eng oson soch turmaklari. Rasmlar asosida


Har kuni bir xil soch turmagini qilish joningizga tegdimi? Kundalik hayotdagi ko’rinishingizga o’zg...

9-sinflar uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishingi...

2 kunda bola shamollashini tuzatib yuborish.


Bolaning shamollashini 2 kun davomida tuzatib yuborish. Bahor va kuz mavsumida shamollash xavfi uchu...

8-sinf uchun elektron darsliklar


2018-2019  o'quv  yilida  yuklandi.  Yuklab  olish  yozuviga  bosish   orqali  ko'chirib   olishing...