Bir muncha vaqt avval "O'yin o'ynab pul topish" deb, google orqali izlov berish natijasiga ko'ra "Plants and zombies" o'yiniga duch keldim. Men bu o'yinni avvallari ham o'ynagan edim. Bu o'yinda pul ishlash mumkin bo'lgan qismi shundan iborat edi-ki, o'yin ichida ochko yig'ish uchun gul ekilardi ularga suv quyib , o'g'it berilsa ular hosilni tanga shaklida berardi. Tangalar esa ochko bo'lib yig'ilardi. suv va o'git sotib olish uchun ana o'sha to'plagan balingizdan sarflab o'yin ichidagi do'kondan kerakli narsalarni sotib olinar edi. Bu o'yinda hech qanday hisob raqami mavjud emas. Hisob raqam ochib pul tushirish imkoniyati mavjud bo'lgan saytlar ham bor.