Kategoriya: Hikoyalar
Qiz farzand
Bir kishining to‘qqizta qizi bor edi. Xotini o‘ninchisiga homilador bo‘lganida uni tug‘rug‘xonaga olib bordi. Yo‘lda er xotiniga: "Agar tug‘ilajak farzandimiz qiz bo‘lsa, sen bilan mening oram ochiq, ya'ni ajrashamiz", deb aytdi.
Tug‘ruqxonadan telefon qilib, xotiningiz o‘g‘il bola tug‘di, deya xabar berishdi. Er tug‘ruqxonaga yashin tezligida yetib bordi va o‘g‘il farzandini ko‘rish istagida ekanini aytdi. U o‘g‘il farzandini ko‘rgach yuzi qorayib, g‘azabini ichiga yutdi. Chunki tug‘ilgan bola nogiron va yuzi tanib bo‘lmas daradajada burishgan edi. Do‘xtir tug‘ilgan bola bilan tabriklash uchun otasining oldiga kelganida, otasi: "Men o‘g‘il bola tug‘ilishini xohlardim u, ammo bu kabi nogironni xohlamagan edim", dedi. Shunda do‘xtir: "Agar shu chaqaloq sog‘lom qiz bo‘lganida nima der eding? Sen rozi bo‘larmiding?" degan edi, ota: "Ha", dedi.
Do‘xtir sog‘lom qizni topshirib: "Muborak bo‘lsin! Qo‘yningdagi nogiron bolani xotining tug‘magan. Xotining mana shu chiroyli qizaloqni tug‘gan", deb aytdi.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022