Kategoriya: Hand made

Rangli tuzdan dizayn yaratish


Rangli tuzdan bezaklar yaratish.Qo'l mehnati yordamida dizayn yaratishning yana bir usuli. Har kungi bir xil xayot yoki muammolardan chalg'ish va stressdan qutulish uchun o'zingizga yoqadigan, hayolingizdagi barcha narsani esdan chiqarib qiladigan biror ish bilan shug'ullansangiz miyangiz dam oladi va stressdan qutulasiz. Rangli tuzdan dizayn yaratish anan shunaqangi hobbylarning bir turi. O'zingiz ham bu usulni sinab ko'ring. Ko'p mehnat va mablag'ni talab qilmaydi. Qolaversa ushbu ishlaringizni rasmlarini internetdagi qo'l mehnatlari sotiladigan saytlarda masalan easy.com, dalanse.com va O'zbekistondagi gifty,uz da ham sotishingiz mumkin. 

Chiroyli shisha butilkalarni tashlab yubormang!
Ulardan oshxona uchun yorqin bezaklarni yaratamiz.
Rangli tuz solingan mana bu butilkalarga bir qarang – qanday go‘zal, bajarilishi ham oson.

Buning uchun mayda “Ekstra” tuzini oling.

Uni tarelkaga solamiz, agar bir nechta rang bo‘ladigan bo‘lsa, shuncha tarelkaga solamiz, biroz bo‘yoq qo‘shamiz, aralashtiramiz va quritamiz.

Elakdan o‘tkazamiz.

 Qog‘oz xaltacha yasaymiz va uning yordamida tuzni o‘zimizga yoqadigan tarzda qavat-qavat qilib quruq butilkaning ichiga solamiz. Biroz mashq qilinsa, hammasi joyida bo‘ladi.

Sovg‘a ko‘rinishida lentalar yoki gullar bilan bezalsa ham bo‘ladi.

Reklama
Reklama