Kategoriya: Hikoyalar
Rizq berilishi haqida
Bir faqir kishi bor edi. U onasini, ayolini va zurriyotini boqar edi.
U bir (boyning) qo‘lida xizmatkor bo‘lib ishlar, ishiga xolis va ishini komil suratda ado qilardi.
Kunlarning birida u ishga kelmadi.
Shunda xo‘jayini:.. ....
~ U, ishga kelmay qo'ymasin deb, uning maoshini bir dinorga ziyoda qildi va o'yladi.
~ "Aminmanki, u maoshini ta'ma qilib, ishga
kelmadi. Chunki meni unga muxtoj ekanimni biladi-da" dedi.
Ikkinchi kun bo‘lgach, Xo‘jayin unga maoshini berib, bir dinor ziyoda qildi. Xizmatkor hech narsa demadi va xo‘jayindan sababini ham so‘ramadi.
Bir qancha muddatdan keyin xizmatkor yana kelmadi.
Xo‘jayin juda qattiq g‘azablanib:
- "O‘sha ziyoda qilgan bir dinorni kamaytiraman" dedi. Kamaytirdi ham, xizmatkor hech narsa demadi va maoshining kamaygan sababini ham so‘ramadi.
Xo‘jayin hodimni oldingi ishini takrorlagani (maoshi ko‘paysa ham, kamaysa ham indamagani)dan ajablanib, so‘radi:
- "Maoshingni ziyoda k,ildim sababini so‘ramading, kamaytirdim hech narsa demading"?!
Xizmatkor:
"Birinchi marta kelmaganimda Alloh menga bir chaqaloq tuxfa etgandi, o‘shanda maoshimni ko‘paytirib mukofatlagandingiz.
Aytdimki:
- "Bu chaqalog‘imning rizqi o‘zi bilan keldi". Ikkinchi marta kelmaganimda esa, onam vafot etgandilar, maoshimni kamaytirganingizda dedimki:
- "Bu onamning rizqi, onam ketdi, rizqi ham.
Qanday ajoyib!
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022