Kategoriya: Maqolalar
Ta'lim: Mezonlar o'zgardi
Muallif: G'ulom Nazarov
Ta'lim berishning asosiy maqsadi fanlarni yodlatish emas, balki...
Axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi boshqa sohalar singari ta'lim sohasini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Vaholanki, bugungi texnologiyalar ayni «mag‘zi» ham ta'limning zamirida yotadi. Xo‘sh, mana shunday hozirgi raqamlashib borayotgan davrda ta'lim tizimining ahvoli qanday? Korrupsiya? Shoshilmang. Yo‘q, Hozir korrupsiyaga to‘xtalmoqchi emasmiz. Fikrlarimizni oxirigacha o‘qisangiz nima demoqchi ekanligimizni tushunasiz.
Avvalo, fikrimizni dunyoning mashhur faylasuflaridan biri Robert Kiosakining iqtiboslari bilan boshlamoqchimiz: «Bugungi axborot asrida yoshlar biz uchun o‘ylash ham qo‘rqinchli bo‘lgan ma'lumotlarga egadirlar». Ushbu fikrlar qanchalik aniq ekanligini quyidagi misollar bilan tushuntirib berishga urinamiz. Xususan, hozirgi o‘rta ta'lim tizimidagi(5–6 sinf va undan yuqorilari) o‘quvchilar o‘zlarining smartfonlariga ega. Universitet talabalari haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Bu bugungi yoshlarining «imidji». Ularning «avtoriteti». Vaholanki, ularga dunyoning u burchagidagi ma'lumotlar ham oniylik ichida keladi. Bunday ma'lumolarni o‘qish, ko‘rish, eshitish unchalik muammo emasligini barchamiz yaxshi bilamiz. Turli guruhlar, chatlar, kanallar va yana boshqa dasturlar bugungi yoshlar uchun hayratlanarli yanglik emas. Xo‘sh, texnologiyalar imkoniyatlaridan 110% aniq foydalanayotgan yoshlarimizga bugungi kunda qanday ta'lim kerak? Kechirasizku, hozirgi ta'lim tizimi ancha eskirdi. Ha, mutaxassislar malaksi oshirish ishlari yaxshi, ammo sistema eskirdi. Masofaviy ta'lim, multimedialashagan ta'lim v.h.k. lar istaymizmi yo‘qmi bizga yanada yaxshi quylaylik, yengillik, tezlik va sifat bermoqda. Hayoti juda ham tezlashib ketgandek nazdimizda. Endi yoshlar juda kam vaqt sarflab, ko‘p axborot olishga, tez o‘zlashtirishga intilishmoqda. Keng ko‘lamli fanlardan voz kechish, aniq bir yo‘nalish bo‘yicha o‘qish, XX asrning ta'lim tizimida emas, yangi zamonaviy innavasion ta'lim tizimidan foydalanishga urinishlar boshlandi. Eshitish va yozish, ko‘rish va amaliy qo‘lash orqali ta'lim tizimida tub burilishlar boshlandi. Hozirgi zamonning yetuk pedagoglari «O‘qitishning eng yaxshi usuli — harakat» degan xulosaga kelmoqdalar. Bu esa ta'lim tizimida yaxshi natijalar beradi degan umiddalar. Ha, hozirgi ta'lim tizimida aniq bir yo‘nalish bo‘yicha fanlarni o‘qitish, o‘quvchilarga nafaqat nazariy balki amaliy orgatishga katta e'tibor qaratilmoqda. Pedagoglar 5–10 yillik darsliklardan qochimoqdalar. Kecha o‘tilgan fan, kecha o‘rgatilgan texnologiya bugun eskirib qolmoqda. Fanda kuniga yangidan yangi kashfiyotlar qilinmoqda. Hozirda o‘qituvchilarda ham akademik bilim darajalari yuqorilamoqda. Bunda IQ natijalari ham chetlab o‘tilayotgani yo‘q.
Yuqoridagi fikrlarimiz biroz bo‘rttirilgandek tuyilayotgandir. Ammo haqiqat! Ta'lim berishning asosiy maqsadi fanlarni yodlatish emas, balki har bir bolaning iqtidorini yuzaga chiqarish. Kreativlik, ijdodiy yondashuv ta'limning eng asosiy bo‘g‘inlaridan biridir. Shuningdek, ilmiy yondashuv yangilangan bo‘lishi kerak. Bir kasbni egallab, shu bilan bir umr davlat maoshini olib pensiyani kutib yashaydigan «sanoat» davri mafkurasi biroz eskirdi. Endi axborot texnologiyalari davri. Bu davrda ta'lim ham, ta'lim tizim ham butkul yangicha qiyofada namoyon bo‘lmoqda. Bir xil kasb, bir xil maosh endi nafaqat kattalarni, balki yoshlanri ham qanoatlantirayotgani yo‘q. Kam vaqt sarflab ko‘p ta'lim olish zamirida ham shunday fikrlar yotadi.
Xulosa qilmoqchi emasman. Xulasoni siz berasiz. Aytmoqchimanki, zamon o‘zgardi. Ta'lim tizimi ham. O‘quvchi-o‘qituvchi ham. Darsliklar ham. Ularga bo‘lgan talab ham! Raqamli davr barcha mezonlarni o‘zgartirdi. Siz esa ta'lim tizimidagi asosiy kamchilik faqat korrupsiyada deb o‘ylaysiz. Hali ham shu fikrdamisiz? Yo‘q, ta'limdagi mezonlar o‘zgardi, xolos.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022