Kategoriya: Maqolalar

Ta'lim tizimiga o'qituvchilardan takliflar


Ta’lim uchun kimda qanday takliflar bor?

Sinfdagi o‘quvchilar sonini 20-25 nafarga tushurish kerak.

* * *

Maktabdagi ta’lim sifatini o‘quvchining bilimidan bilib olsa bo‘ladi. O‘qituvchi qanday dars o‘tadi, bilimi qanaqa, formasi qanaqa bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘quvchilari bilimli, tarbiyalimi, bo‘ldi, boshqa hech narsaga xojat yo‘q. Shuning uchun o‘quvchining bilimi orqali o‘qituvchini baholash kerak, vassalom. Maqsad ham shu-ku! Nima keragi bor shuncha ovoragarchilik, sarf-xarajat boshqa narsalarga...

* * *

Faqat va faqat sinfda bola sonini kamaytirish evaziga ta’lim sifatini oshirish mumkin. Boshqa omillar ham bor, ammo ular ikkinchi darajada deb hisoblayman.

* * *

Og'zaki nazoratni ko'paytirish kerak. Avlodda nutq madaniyati paydo bo'ladi. Korrupsiya bo'lgan taqdirda ham. Pul beradiganni ham ho'jako'rsinga og'zini qimirlatishga majbur bo'ladi. Hozirgi avlodda notiqlik san'ati u yoqda tursin nutq umuman yo'q bo'lib ketyapti. Ko'pchilikni oldiga chiqqanda umuman o'zini yo'qotib qo'yadi. Jiddiyroq idoraga kirib gapirishga tortinadi, chunki nutqi yo'q, Ishini bitira olmay, OMI ligicha qolib ketadi...

* * *

O'qituvchilarga emas direktorlarga joriy qilsin litsinziyani

* * *

1992 yilda o'rta maktabni tugatganman. Oliygoxni 1998 yilda. Ta’limda olingan xamma bilimlar xam xayot va amaliyotda ishlayotganiga katta shubxam bor. Bizga ta’lim muassasasi kunikma-tajriba berishga kifoya kiladigan minimal nazariy bilim berish bilan kifoyalanishi maksadga muvofik deb uylayman.
Shundan kelib chikib urta maktab farzandlarimizni katta xayotga tayyorlab berishi kerak:
1-tillar - uzbek, rus, ingliz tillarida xar bir urta maktab bitiruvchisi erkin suzlasha olishiga erishish ularni keyinchalik xorijda Oliy ta’lim va kafolatlangan ishchi uringa ega bulishlari uchun asos;
2 - ugil va kizlarimizni oilaviy xayotga tayyorlash.
Nazariy bilimlar yigitlarni xaydovchilik, santexnika, elektrik va x.k; kizlarimizni onalikka tayyorlash, manimcha gudak parvarishi urta maktabda urgatilishi okibat soglom avlod uchun poydevor;
3- oilaviy, ijtimoiy psixologiyadan dasturlar, inson uzini anglashi jamiyatda urnini topishi uchun zarur...
4 - ta’lim xar kanday mafkuradan xoli bulishi kerak. Xuddi bizni davrda "kommunistik" goya bilan sugorgandek, bolalarni asosiy maksad, mustakil fikrlashdan chalgitadigan darslar bilan vaktlarini ugirlamaslik kerak.

* * *

 

Boshlang'ich sinflarni 6kunlik o'qishga qaytarish kerak 2-smenali maktablarda darslar cho'zilib ketyapti bolalar charchayapti . Shanba kuni chaqiraylik desak mumkin emas ekan.

* * *

Iloji bo'lsa umuman o'qishni hohlamaydigan o'quvchilarni majburlamasdan ularga faqat oqish yozishni orgatish va kasbga yo'llansa yaxshi bo'lardi

* * *

Ta’lim samarali bulishi uchun, dastlabki xayotiy zarur bilimlar urgatilib bulingach:
9-sinfdan boshlab psixologik yunaltiruvchi taxlil natijasiga karab bola ixtisoslik buyicha asosiy bulgan fanlar bilan ukitilishi kerak.
Zamonaviy bilimlar ukitilish kerak. Masalan: Mantik. Robototexnika. Xayot maxorat darslari.

* * *

Fan olimpiadasi balli bilan maktablarning reytingini chiqarmasa. Chunki o'qituvchilar 1o'quvchiga bog'lanib qolyapti. Boshqa sust o'zlashtiruvchi o'quvchilar e'tiborsiz qolyapti. Olimpiada online bo'lsa faqat xohlovchi o'quvchilargina qatnashsa!

* * *

Maktabni avvalgidek 10 yillik qilish kerak ,chunki xozirgi o‘quvchi 11 sinfda bekor umrini o‘tkazmay xoxlasa o‘qishga kiradi ,xoxlasa ishlaydi ,11sinf o‘quvchilarini o‘qishga bo‘ysundirish qiyin bo‘layabdi.

* * *

10-11 sinfni OTMga tayyorlaydigan yo‘nalish bo‘yicha o‘qitish kerak, barcha fanni bilish shartmas, boshqa fanlardan hayotda kerak bo‘ladiganini bilsa bo‘ldi.O‘quvchini hayotga tayyorlash kerak, quruq yodlaganiga besh qo‘yish emas, amalda qo‘llay olishga o‘rgatish kerak

* * *

Aslida bizning ta’limotimiz eng samarali bo‘lishi kerak. Sababi bizda ta’lim har tomonlama kengaygan holda tashkil etilgan. Yaponiyada 1-4 sinflarda o‘quvchilar faqat tarbiya oladilar, Yaponiyadagi 1-4 sinf o‘quvchilari Erning shakli qanaqaligini bilmaydi, lekin 5-9 sinf o‘quvchilarida Er shakli bo‘yicha yangicha g‘oya bilan tarbiyalanadi. 10-11 sinfga o‘tib o‘quvchilar Er yuzida kashf etilmagan joylarni kashf etish ustida ishlaydigan kichik olim bo‘lib etishadi. Bu Er shakli misolida aytyapman. AQShda esa bola 1 sinfdan faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha tarbiyalanadi.Endi qarang bizda 1-11 sinfgacha ham tarbiya, ham ta’lim beriladi. Shu orqali o‘quvchilarimiz har tomonlama etuk bo‘lishi kerak aslida , chunki bizning ta’limot dunyodagi eng samarali ta’limotdir faqatgina uni o‘quvchilarimizga to‘g‘ri yo‘naltirishimiz kerak.

* * *

Kitoblarni soddalashtirish kerak, tarix darsliklaridagi jahon tarixi - biz uchun keraksiz ma'lumotlar juda ko'p, faqat bizga bogliqlarinigina qoldirsak kifoya.

* * *

Maktabda o‘qituvchini ota ona hurmat qilmasa bir tiyin hammasi

* * *

Men 1969 yili maktabni bitirib,  OUYu.ga kirganman.
10 yillikni hozir ham majburiy qilish.
sinflarda eng ko'pi bilan 28 ta o'quvchi bo'lishi;
1 smenali bo'lishi, o'quvchilarga, ota-onalarga, o'qituvchilarga ham qulay.
Ishga haqiqiy mutaxassislarni qabul qilish;
Xech qanaqa fond va h.z.larni yo'q qilish;

* * *

Ota onalarni tarbiyalash kerak bolasini uki dep uyga berilgan vazifani bajarmagani uchun ukituvchi tomonidan arzimagan duk-popisaga duneni vaximasini kilib maktabga kelishadi.ukituvchini ukuvchilar kuz ungida bexurmat kilishadi.shundan sung usha ota onani farzandidan kaysi ukituvchi uyga vazifani nimaga bajarmading dep suraydi. Ota onalar zimmasiga konun bilan belgilangan vazifalar,majburiyatlar yuklanishi kerak.kerak bolsa OTM ga bolasini jalb kilmagan ota-onalarga jazo kullash maksadga muofik bolardi.

* * *

Pensionerlarni maktabdan yuq qilish kerak

* * *

Ta'lim sohasida 50 yoshdan o‘tgan fan mutaxassislariga qandaydir imtiyoz bo‘lsa yaxshi bo‘larmi?

* * *

Biz institutda o'qiganimizda, faqat og'zaki imtixon topshirardik. Yotvolib kitob va konspektni o'qirdik. O'qiganlarimiz xotiramizda yaxshi saqlanib kolgan.

* * *

Chunki test yodlamaganmiz.Boshlang‘ich sinflarda kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etish kk.Poydevor mustahkam bo‘lsa,imorat baland bo‘lsa ham qo‘rqmaymiz!

* * *

Qaysi davrda ta’lim sifati oshgan bulsa usha davrga kaytish kerak

* * *

O‘quvchilarga vatanni sevishni o‘rgatish kerak, ota onani xurmat qilishni, ustoz otaday ulug‘ ekanligini anglatish lozim. Yangi xadisshunoslik darslarimi yoki kino tarbiya darslarimi xullas nimadir qilish kerak, yoshlarimiz bemexr bo‘lib ketyapti.

* * *

DOLZARB MASALA!!!
DTM savollarini tuzayotganlar savollarni faqat maktab darslikdan olishlari kerak. Ana shunda maktabda yaxshi bilim olayotgan o'quvchilar Oliy ta'limga kira olishadi. Ayniqsa bundan keyin 5 ta fandan imtixon bo'lsa, savollar faqat maktab darsliklaridan olinishi kerak. Yana bir masala bor: Aniq fanlardan matematika va tabiiy fanlardan Kimyo fanlari uchun ko'proq vaqt ajratilishi kerak. Chunki bu ikkala fandan tushayotgan misol va masalalar hatto biz o'qituvchilar ham 5-10 daqiqada ishlaydigan qiyin qilib tuzilgan. Darsliklarda esa bunaqa qiyin masala va misollar yo'q.

Namangan viloyati, Norin tumani 29-maktab Kimyo fani o'qituvchisi O'rmanov Sardor Abdurasulovich...

* * *

To‘garak, turli ko‘rik-tanlovda ishtiroki va natijasiga qarab aloxida pul to‘lansa o‘qituvchi o‘z ustida shunaqayam ishleydi. To‘garakka o‘quvchilarni yalinib xo‘rozqand berib bo‘lsaxam olib kirib darsidan xam yaxshi mashg‘ulot o‘tishga xarakat qiladi. 

* * *

OG'ZAKI VA YOZMA NAZORATNI TA'LIM TIZIMIDA KO'PROQ QO'LLAMASAK, KELAJAK AVLOD SAVODSIZLASHIB BORAVERADI.

* * *

Judayam tugri. Xozir maktabda yukori sinf ukuvchilari utilgan asar yuzasidan insho yozishda murakkab reja tugul, sodda reja tuzolmaydilar. Reja asosida yozish xakida gapirmasa xam buladi.

* * *

Achinarlsi yoshlarimizda nutq yo‘q,og‘zaki nutq ham yozmasi ham 0 qiymatga ega,Bazilari umuman adabiy nutqni bilmaydi,Bu badiiy kitob o‘qimaslik oqibati,Test bu lo‘luni foli bolani o‘z fikrini ochib bermaydi

* * *

Testlarni umuman olib tashlash kerak. Test olsangiz ukuvchilar Bir biriga IMO Ishora Bilan xam javobini bilib olishadi. Xamma bolaga aloxida variant berolmaysiz.

Reklama
Reklama