Kategoriya: Sinf soati

Ta`til taassurotlari. Sinf soati dars ishlanmasi


Sana:

10-mavzu: “Ta`til  taassurotlari”

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning  maqsadi:

Bolalarning kuz fasli va uning ne`matlar haqidagi tasavvurlarini boyitish, aqliy tafakkurlarini o`stirish.

O`yinlar orqali bolalar tafakkurini  rivojlantirish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish,  va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.

Kun shiori: Kuz-ne’matlarga boy o’lka !

Tarbiyaviy mashg`ulotning  jihozi:DVD,disk,plakatlar Mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari  surati , koptok.

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:O`quvchilarning   darsga  tayyorgarligi, navbatchi  axboroti.

O`quvchilarni guruhlarga ajratish

II.Asosiy qism:

O`quvchilar bilan suhbat o`tkazish

Bolalar kuzgi ta`tilni yaxshi o`tkazdingizmi?

Kuzgi ta`tildan qanday taassurotlar oldingiz?

Bolajonlar mana bizning o`lkamizda kuz fasli kezmoqda. Sizlar bilan hozir "Kuzgi  ne`matlar" haqida suhbatlashamiz va o`yin o`ynaymiz. Men kuz fasli bo`laman. Sizlarga  she`rlar aytib beraman.Bu she`rlar o`zlaringiz sevgan mevalaringiz, sabzavotlaringiz, poliz ekinlari haqida bo`ladi. Sizga topshiriq she`r nima haqida ekanligini topish va uning  rasmini chizish. 


Obinovvot qovunman,

Bitta tishlab Ovunma.

Nega bo`ldim, Men nomdor.

Chunki Choponim guldor.

Donalarim Marjoncha,

Bir boshim Naq bir jomcha.

Quritsangiz, Mayizman .

Dasturxonga,Fayzman.(Uzum)

Yupqagina

Pustim bor,

Dalada ko`p

Do`stim bor,

Maqolda ham

Yozilaman

O`sha

"Oltin qoziq"man.(Sabzi)


Har donacham

Bir askar,

Bir qal`ada

Ming lashkar.

Yotar ular

Panada-

Oq pardali

Xonada.(Anor)

Rasmlar ketma-ketligini aniqlash: qovun, uzum,sabzi,anor.

III.Yakuniy qism: 

 

Kuz: Qani mening ne`matlarim tasvirlangan rasmlarni tezda, men tez aytish aytib bo`lgunimcha,   3 guruhga ajrating.

1.Mevalar:    Olma, anor, uzum, behi, nok.

2.Sabzavotlar.   Sabzi, karam, kartoshka.

3. Poliz ekinlari.   Qovun, tarvuz, bodring, pomidor.

Bolalar uch guruhga bo`ladilar.

Kuz: Rahmat. Hammalaringiz juda to`g`ri bajarganingizni tekshiramiz. Qani endi  guruhda nechtadan narsa borligini sanaymiz.

Nechtadan?

Mevalar 5 ta.

Sabzavotlar 3 ta.

Poliz ekinlari 4 ta.

Endi sizlar bilan "Kuz" haqida  she`r aytamiz.

KUZ

Kuz keldi, bizlarga oltin kosada

Sharbat ola keldi, bol ola keldi.

Savat-savat qilib shirin mevalar

Omborlar liq to`la don ola keldi.

Keng vodiylar bilan, dala bilan bir

Paxta ola keldi, shon ola keldi.

O`quvchilarni rag`batlantirish.

Dars yakunida  o’quvchilarni rag`batlantiriladi.



To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling

Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:

Reklama
Reklama