Kategoriya: Hikoyalar
Tosh va xazina
Qaynona endigina asal oyidan qaytgan keliniga dedi:
Baraka toping, qizim! O‘g‘limni namoz o‘qiydigan, masjidga oshiqadigan bo‘lishiga sabab bo‘ldingiz! Men 30 yilda qilolmagan ishni, 30 kunda amalga oshirdingiz! - dedi, ko‘zyoshlarini quyib...
Kelin:
Onajon, tosh va xazina qissasini bilasizmi? Bir zamonlar kattakon xarsang tosh bo‘lib, u yo‘lni o‘rtasida turar, yo‘lovchilarning yo‘lini to‘sar ekan. Bir kishi uni bolta bilan urib maydalashga harakat qilibdi. 99 marta zarba berib charchab qolibdi. Kuchi yetmabdi! So‘ng u yerga bir kishi kelib qolgan ekan, undan:
- Ey birodar, toshni maydalashib yuboring! - debdi.
Yo‘lovchi rozi bo‘lib toshni qattiq urgan ekan, bir martadayoq bo‘linib ketibdi. Qarashsa, xarsang ostida hamyon to‘la oltin bor ekan. Bu ikki kishi uni talashib qolishibdi. Yo‘lovchi:
- Mening zarbam bilan tosh bo‘lindi, xazina meniki! - debdi.
Xullas, ular qozining huzuriga borishibdi...
Unda mening ham qisman haqqim bor! Axir men uni 99 marta urdim. Charchadim. O‘zim bo‘laklay olardim! - debdi, avvalgi kishi...
Yo‘q, bunda haqqingiz yo‘q, toshni men sindirdim. Xazinaning hammasi meniki, - debdi, ikkinchi kishi...
Qozi:
Siz toshni 99 marta urganingiz uchun 99 qismi sizga. Bir hissasi esa, bo‘lagningiz uchun sizga, - debdi, ikkinchi kishiga...
Agar birinchi kishining 99 ta zarbasi bo‘lmaganda edi, 100 - martada tosh bo‘linmasdi...
Ona 30 yil harakat qilib o‘g‘liga namoz o‘qita olmadi. Kelinining ta'sirida 30 kunda namoz o‘qiydigan bo‘laganidan quvondi. Kelinning go‘zal axloqini qarang - ki, natijani o‘z mehnati deb emas, mushtipar onaning yillar davomida chekkan zahmati besamar ketmaganini e'tirof etib, qaynonasini quvontirdi...
Hayotda kimningdir mashaqqati evaziga oson obro‘ qozonadiganlar kam emas...
Bir binoning poydevoridan, avvalgi g‘ishtlaridan boshlab ko‘taradi. Lekin, oxirgi g‘ishtni kimdir kelib qo‘yadi. Va muvaffaqiyat, obro‘ unga boqib ketadi. Lekin, Alloh barchaning amali - yu niyatini biladi.
Go‘zal axloq asli go‘zal insonlardagina bo‘ladi.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022