Kategoriya: Hikoyalar
Uch toifadagi odamlar
Bir institutda sichqonlar ustida o‘tkazilayotgan amaliy tadqiqotda ishtirok etish uchun talabalar ham taklif etildi. Ularning zimmasiga yuklangan topshiriq shunday edi: labirint ichiga quyib yuborilgan sichqonlarning qanday yo‘l topib chiqib ketishini kuzatish va qog‘ozga qayd etish. Bu amaliyot ilk marotaba o‘tkazilmayotgan edi, shunga muvofiq kuzatilayotgan sichqonlar ham allaqachon toifalarga ajralgan edi. Chunonchi, birinchi guruhga harakati samarasiz sichqonlar, ikkinchi guruhga oddiyroqlari va uchinchisiga eng aqllilari mansub edi.
Amaliyot tugagach, professor barcha talabalarning qaydnomalarini yig‘ib olib, ularni ko‘zdan kechirdi. Talabalarning aksariyati birinchi guruhga mansub bo‘lgan sichqonlarning labirint ichida besamar kezishib, undan chiqishga yo‘l topa olmaganliklarini qayd qilishgandi. Boshqa talabalar esa ikkinchi guruhga mansub kemiruvchilar na aqlli, na aqlsiz bo‘lib, kishini hayratga soladigan biror-bir ish bajara olishmaganini yozishgandi. Juda hammasi ham erkinlikka to‘la erisha olmaganini, ularning ba'zilari marraga yaqin qolganda yana yo‘ldan adashib ketganini qog‘ozga belgilashgandi.
Professor talabalar qaydnomalarini o‘pganib, o‘z fikrini bildirish uchun shogirdlariga yuzlandi.
«Aslida uchta guruhdagi sichqonlarning hammasi bir xil edi. Amaliyot esa sizlarni toifalarga bo‘lib, tafakkur salohiyatingiz va qobiliyatingizni aniqlab berdi».
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022