Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

O`quvchilarda ustozlarga nisbatan mehr uyg`otish; ustozning qanchalik o`quvchilarga mehri yuksak ekanligini ta`riflash ; o`quvchilarni qalbida mehr-oqibat hislatlarini uyg`otish
Sana: 4-mavzu: “Ustozga ta`zim”(Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadiO`quvchilarda ustozlarga nisbatan mehr uyg`otish; ustozning qanchalik o`quvchilarga mehri yuksak ekanligini ta`riflash ; o`quvchilarni qalbida mehr-oqibat hislatlarini uyg`otish
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori: Ustoz otangday ulug’
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi.
-O`qituvchi:
Azaldan ustozni ulug`lar xalqim, Ustozni e`zozlash azaliy odat,
Ularga ezgulik tilamoq haqqim. Shogirdning kamoli ustoz uchun baxt.
Bunchala buyuksiz, bunchalar zukko, Millionlar qalbida so`nmas mayoqsiz
Umringiz mo`jiza-yetmaydi aqlim. Bir duo tilamoq insoniy burchim.
-Bolajonlar, ayting-chi bu misralar kim haqida ekan?
-O`quvchi:shogirdning ustoziga tilaklari haqida ekan.
-O`qituvchi:Demak bugungi suhbatimiz ustoz va murabbiylar haqida ekan.
II.Asosiy qism:
Haqiqatdan ham ustoz, murabbiy shunday buyuk, ulug` insonki, ular ustoz va shogird quyosh va oyga o`xshaydi. Oy quyoshdan nur olib, borliqni yoritgani kabi, shogird ham ustozdan ziyo olib, hayot mash`alini yoqadi. Ustoz bu o`qituvchi, ustoz-bu kasb hunar, ish o`rgatuvchidir. Ustoz qalb me`mori, murabbiy axloq, odob, insoniylik fanidan saboq beruvchi inson qalbiga yo`l topuvchi zot.
Ustoz, murabbiy, muallim, o`qituvchi so`zlari mag`rur jaranglaydi.
Nechog` baxtiyorman, ta`zimda shu tob, Ne odam bo`lardim qo`limda kitob
Sizning sha`ningizga bitmoqdaman bayt. Biror harf tanimay tursaydim loqayd.
O`qituvchi hayot charog`boni. U yosh avlodga ilm-fan asoslarini o`rgatadi. Muallim o`z o`qivchisini o`z farzandidak asrab avaylaydi, kamolga yetkazadi. U o`z o`quvchisini eng yaxshi inson bo`lib yetishini istaydi, kamolini, kelajagini ko`rishni istab, bilim beradi. Oqituvchi-ustoz avvalom bor o`z fanining fidoyisi, aqlli, dono va birinchi o`ringda haqiqiy inson bo`lishi, lozim. Shu bois u bolaga ma`naviy ozuqa beradi. Tashqi-qiyofasi yurish-turishi, muomalasi, suxanligi, axloq-adobi bilan o`z shogirdlariga o`rnak bo`ladi. Hatto maktabda bolaning ota-onasini о`rnini bosadi. Ustoz-murabbiy, o`qituvchi, shogird uchun misoli ko`zgu, o`qituvchi o`sha ko`zguga boqib, o`z aksini ko`radi va o`zidagi nuqsonlarni to`g`rilab boradi.
G`unchalar ochilib bo`lishganda rom, Barchasin ardoqlab etdim ehtirom,
Mehrimning sharobin tutdim to`la jom Faxrga sharafdir ustoz degan nom.
Muallim «ma`naviy padar» hisoblanadi. «Ustoz-otangdan ulug`”-deb bejiz aytishmagan. Bu hikmatda olam-olam ma`no bor. Shuning uchun ham ulug` bobomiz Alisher Navoiy ustoz, murabbiylarga yuksak baho bergan.Chunki ustoz shogirdiga mehr-muhabbat, odob-axloq, mehr-muruvvat va mehr oqibat tuyg`usini singdiradi. Qalb harorati bilan shogird yuragidan joy oladi va unga o`zidagi bor bilimni va ilmni o`rgatadi. Endi, aziz o`quvchilar, sizlar yod olgan turli-xil she`rlardan bahramand bo`lamiz. O`quvchilar yod olgan she`rlari tinglanadi.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling
Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:

Ushbu sinf soati 2023-2024 o'quv yili uchun mo'ljallangan bo'lib, namunaviy tarzda foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Muqova, o'quv mavzu rejasi va 2 ta mavzu bo'yicha dars ishlanmasi rasmla
Batafsil



