Kategoriya: Sinf soati
Vatan posbonlari . Sinf soati dars ishlanmasi
Sana:
17-mavzu:Vatan posbonlari (14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy,axloqiy,ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish.Ona Vatanga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlarini qaror toptirish.Ajdodlaridan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,barkamol insonlar etib tarbiyalash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori: Biz Vatanimizni qanday himoya qilamiz !
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi: Vatan – muqaddas dargoh.Uning har bir qarichi biz uchun azizdir.Shu yurtda tug`ilib,o`sib,shu yurtda kamol topgan zot borki,umr bo`yi unga nisbatan buyuk muhabbat bilan yashaydi. Bu jannatmakon diyorda ne-ne ulug` zotlar o`tmagan.Ularning Vatan ravnaqiga qo`shgan hissalari ham dunyoga mashhur.
Biz Mirzo Ulug`bek,Xorazmiy,Beruniy,Ibn Sino,Alisher Navoiy,Mirzo Bobur kabi bobolarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.
-“Tinch elning bog`i gullar”,deydi donishmandlarimiz.Shukrona aytamiz: Vatanimiz – tinch, yurtimiz – obod.Osoyishtalik tufayli kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatimiz jahonga yuz tutmoqda.Dunyo ahli bugun O`zbekistonga,shu zaminda yashovchilarga havas bilan qarashadi.
-Bugun Vatan himoyachilari kuni.14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning barcha go`shalarga,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv yurtlarida bayram qilinadi.
-O`zbekiston Qurolli Kuchlari xavfsizligimiz tayanchi hisoblanadi.U quruqlikdagi qo`shinlar,harbiy havo kuchlari,havo hujumidan mudofaa qo`shinlari,chegara,maxsus va muhandislik qo`shinlari hamda milliy gvardiya,ya`ni saralangan qo`shinlardan iboratdir
III.Yakuniy qism.
O`qituvchi:Biz sarkardalar avlodidanmiz.Kelajakda siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur,eli va yurtiga sodiq,sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo`lib kamol topasiz deb umid qilaman.
“Askar” She`r yodlatiladi.
Kelajakda askar bo`lamiz,
Qo`riqlaymiz ona Vatanni
Sarhadlarda sergak turamiz,
Asrab shu yurt,bog`-u chamanni.
Sarkardalar avlodidanmiz,
Sharaflarga,shonlarga loyiq.
Temur bobom,Jaloliddindek,
Qalbda Vatan mehri har nedan ortiq.
Habib Rahmatning “Botir askarcha” she`ridagi ota va o`g`il dialogini aytish mumkin.
Dadajon,askar akam
Qadam tashlar gurs,gurs,gurs.
Vatanimga,xalqimga
Sodiqman,deb bergan so`z.
-Shundaymi?
-Shunday!
-Men ularning ukasi,
Qanday bo`lishim kerak?
Vatan ishiga tayyor
Bo`lib turishim kerak.
-Shundaymi?
-Shunday!
Vatanimni,xalqimni
Ko`z qoramdek saqlayman,
Askar akamga o`xshab
El ishonchin oqlayman.
-Shundaymi?
-Shunday!
Ofarin,ota o`g`il,
Tilginangga bol,shakar.
Sen ham bir kun ulg`ayib,
Bo`lasan botir askar.
Yosh askarlarimiz sizga to`liq bo`lmagan maqollarni jo`natishibdi. Sizning vazifangiz nuqtalar o`rniga kerakli gaplani qo`yib to`ldirish.
-Vatan – muqaddas,_______________________(uning har qarichi – aziz)
-Vataning tinch- ________________________(sen tinch)
-Tinchlik bilan el ko`karar,
_____________________(Yomg`ir bilan yer ko`karar.)
-Ona yerning tuprog`i________________________(ona sutidek aziz.)
-El qudrati – chin qudrat,
_____________________(Vatan tuprog`i qimmat.)
-Yurt qo`risang o`sarsan,
_____________________(Qo`rimasang to`zarsan.)
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022