Kategoriya: Hikoyalar
Yaqin kelajak suhbati
Telefon jiringlaydi:
- Xayrli kun. Google pissaxonasi, sizning xizmatingizda!
- Nima pissaxonasi?
- Google pissaxonasi. Nima buyurasiz?
- Haligi... bu "Sin'or Pomidor" pissaxonasimasmidi?
- Afsuski edi, Google uni sotib oldi va xizmat doiramiz ana endi to‘liq bo‘ldi.
- Ajoyib! Unda buyurtmani qabul qilib oling.
- Xo‘p bo‘ladi! Buyurtmangiz odatdagidekmi?
- Odatdagidek? Siz mening buyurtmamni qayoqdan bilasiz?
- Bizda buyurtmachilarni aniqlash dasturi bor va unga ko‘ra siz oxirgi 53 safar shu raqamdan "Vezuviy" pissasi, ikki hissa pishloq, dudlangan go‘sht va kolaga buyurtma bergan ekansiz.
- Ha, bu tomoni hayolga kelmapti. Yaxshi, o‘sha buyurtma.
- Uzr, lekin sizga bir maslahat bersam maylimi?
- Mayli.
- Pissalarimizning to‘liq menyusi bormi sizda?
- Yo‘q.
- Bu eng to‘liq menyu va sizga tvorog va ko‘katli pissa va tuzlari kam mineral suv tavsiya qilardim.
- Tvorog? Ko‘kat? Esingizni yeganmisiz? Birontasini ham yoqtirmayman!
- Tushunaman, lekin sizning sog‘lig‘ingizni o‘ylab aytyapman buni. Sizda xolesterol miqdori juda yuqori...
- Buni qaerdan bilasiz?
- Bizning kompaniyamiz sayyoramizdagi eng katta ma'lumotlar bazasiga ega. Shu sababli sizning telefon raqamingiz va ism-sharifingiz orqali klinikaning virtual bazasidagi sizning analizlaringizni ko‘ra olamiz.
- He, tupurdim ma'lumotlar bazangizga! Tvorog va ko‘katli pissangiz kerakmas. Dorilar qabul qilaman. Shuning uchun istagan narsamni yeyishim mumkin. Tushunarlimi?
- Afsuski, siz o‘sha dorilarni keyingi vaqtlarda qabul qilmay qo‘ygansiz.
- Jin ursin! Bundan qanaqasiga xabardor bo‘lasiz? Ortimdan josuslik qilyapsizlarmi har kuni?
- Yo‘q, yo‘q! Biz, shunchaki, shahardagi barcha dorixonalar bazasini ko‘rib chiqamiz, siz u yerda 3 oy avval bo‘lgansiz xolos. Bitta qadoqda 30ta hapdori bo‘ladi xolos.
- Uxx... to‘g‘ri... Qanday bilding yaramas?
- Plastik kartochkangizdan.
- Nimaaa?
- Ha, siz har safar MMM banki plastik kartochkasidan dorixonaga to‘lov qilganingizda chegirmaga ega bo‘lasiz. O‘sha kartochkangiz bo‘yicha barcha chiqimlar ro‘yxati bizda bor. Oxirgi 3 oy ichida dorixonadan hech narsa sotib olmagansiz, balki boshqa do‘konlardan boshqa narsalar olgansiz. Demak, kartochkangiz yo‘qolmagan.
- Voy, onayni... Xo‘sh, nima bo‘pti? Naqd pul to‘lagan bo‘lishim mumkin-ku, a?
- Yo‘q, mumkinmas. Siz haftasiga faqat 100 $ naqd pul ishlatasiz va uni xizmatkoringizga maosh sifatida berasiz. Qolgan hamma chiqimlarni faqat plastik kartochkangiz orqali qilasiz.
- La'natilar! Xizmatkorimga qancha to‘lashimni qayoqdan bilib olishding?
- Axir, u ham ijtimoiy sug‘urtaga pul to‘laydi...
- He, yer yutsin hammangni!
- Ixtiyoringiz. Lekin aytilgan ma'lumotlarning barchasi oldimdagi komp'yuter ekranida turibdi. Menimcha, siz yana doktoringizga ko‘rinib, tekshiruvdan o‘tishingiz kerak. Xuddi o‘tgan oydagidek. O‘shanda dorilar miqdorini aniqlab olish uchun tekshiruvdan o‘tgandingiz.
- Ey jin urgur, endi meni eshit! Hiqildog‘imga kelishding... sen ham, komp'yuterlaring ham, Facebook va Twitterlaring ham. Shaxsiy hayot yo‘q bu la'nati joylarda.
- Iltimos, asabiylashmang. Bu sizning qo‘lingizda emas...
- O‘chir ovozingni! Ertagayoq sen la'natilarning hammalaringdan uzoq-uzoqlarga ketaman. Fidji oroligami, qaerga bo‘lsa ham. Interneti yo‘q, telefoni yo‘q, ortamdan kuzatadigan odamlari yo‘q joylarga...
- Ha, tushunaman sizni...
- Oxirgi marta o‘sha plastik kartochkamdan foydalanaman, samolyotga chipta sotib olish uchun. Keyin, dunyoning narigi burchagiga ketaman.
- Ajoyib...
- Buyurtmani bekor qil. Endi kerakmas pissalaring.
- Xo‘p... bo‘ldi bekor qildim. Ruxsat bersangiz, yana ikki og‘iz narsani bildirib qo‘ysam?
- Nima yana?
- Sizning xorijga chiqish ruxsatnomangizning muddati o‘tib ketgan allaqachon...
Tuut-tuut-tuut...
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022