Kategoriya: Hikoyalar

Yo'lga tushgan hamyon


Bir kishi Makkada farqirona hayot kechirardi. Uning soliha xotini bo‘lib, bir kuni uyda ozuqa qolmaganini bildirdi. Faqir nima qilishni bilmay ko‘chaga chiqib yo‘lda borayotganda Haram oldidan bir hamyon topib oldi. Ochib qarasa, hamyonda ming dinor bor ekan. Bundan xursand bo‘lib, darhol uyiga qaytdi. Xotini hamyonni ko‘rib: "Haram oldida tushib qolgan narsani bildirish kerak, balki egasi chiqib qolar", dedi eriga. Faqir hamyonni olib ko‘chaga chiqsa, bir jarchi: "Kim ming dinori bor hamyonni topib oldi", deb jar solayotganini eshitdi. Shunda faqir uning oldiga borib: «Men topib olgan edim, mana u», deya hamyonni unga uzatdi. Jarchi: «Bu hamyon seniki, uning ichida to‘qqiz ming dinori ham bor», dedi. Faqir kishi: «Ustimdan kulayapsanmi», dedi gapiga tushunmay. Jarchi: «Yo‘q, aslo, Allohga qasamki, iroqlik bir kishi menga o‘n ming dinorni berib, undan ming dinorini hamyonga solginda, Haram oldiga tashla, keyin uni yo‘qotganingni aytib, jar sol, agar kimdan-kim uni topib olib, senga qaytarsa, unga qolgan hammasini bergin, chunki u amin kishi, uni o‘zi yeb, sadaqa ham qiladi. Shunda sadaqamiz maqbul bo‘ladi», dedi. Jarchi shu gapni aytib to‘qqiz ming dinorni ham unga berdi.

Reklama
Reklama