Kategoriya: Tadbirlar
14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga she'rlar
-Erkaklar bo‘lmasa aytilmas azon,
-Erkaklar bo‘lmasa qaynamas qozon,
-Erkaklar bo‘lmasa chaqaloq qayda,
-Erkaklar bo‘lmasa shapaloq qayda,
-Erkaklar bo‘lmasa mo‘ylov qaydadir,
-Erkaklar bo‘lmasa kuyov qaydadir,
-Dunyo turguncha tursin erkaklar,
-Doimo xurmatda yursin erkaklar!
Bayram muborak
_______________________________________________________
Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!
Duosi, so‘zlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,
Onaizoringni asra hamisha!
Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak.
Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak –
Qatorda noringni asra hamisha.
Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi –
Intizor yoringni asra hamisha!
Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,
Oringni – boringni asra hamisha!
_______________________________________________________
Xonadon obro‘yi, taxti-erkakdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.
Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.
Dasturxon qutligi - ular mehnati,
Ustimiz butligi - ular himmati.
Farzandlar chirog‘i - ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.
Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.
Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.
Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.
_______________________________________________________
Qay makonda qay tomonda,
Tinimi yo‘q shom azonda,
Ne bo‘lsa xam issiq jonda,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Doim deydi uyim joyim,
Xalol mexnat qilsin doim,
Rizqin ulug‘ qil xudoyim,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Boshi g‘amdan egilmasin,
G‘urursiz orsiz bo‘lmasin,
Yigit xech qachon sinmasin,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Asra taqdir xatosidan,
Saqla shayton ig‘vosidan,
Ota ona duosidan,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Nasib et bir vafoli yor,
Xamrox bo‘lsin baxt-u iqbol,
Doim bo‘lsin to'leyi yor,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Ey yaratgan karami keng,
Sen barchaga barobar teng,
Shu o‘tinchim avvalo eng,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
_______________________________________________________
Erkakdan omadni ayama falak,
Jonini asragil, etmagil xalak.
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.
Erkakdan omadni ayama hayot,
Muhabbat qasrin ham etmagin barbod.
Ishiga unum ber, hamyoniga pul,
Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil!
Mayliga har zamon ichib "sher” bo‘lsin,
Maysaga ag‘anab usti kir bo‘lsin.
Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda,
Yer bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin!
Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘,
Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib chog‘.
Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma,
Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma!
Nomardga zor qilma, dushmaniga xor,
Sha'nini bukmasin, hech qaysi dildor.
Sen unga qudrat ber, ko‘ngliga g‘urur,
Tokim yiqilmasin yuragida or.
Hiyonat etmasin yori berib pand,
Oyog‘idan chalmasin hech qaysi nomard.
Ayoldan qolmasin dildagi dog‘i-
Allohim, asragin bo‘lib panohi.
..Erkakning boshini egma, ey falak?
_______________________________________________________
Mart ôg'lonlar turar tôp,
Ona zamin Vatan deb,
Qorachig'dek asrar xôp,
Mustaqillik erkimiz,
Ôzbekiston yurtimiz.
Har bir ôg'lon burchidir,
Asrab avayla yurtdir,
Ôz uyida xursanddir,
Mustaqillik yurtimiz,
Ôzbekiston yurtimiz.
Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo ôzbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
Ôzbekiston yurtimiz.
Ôzbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
Ôzbekiston yutimiz.
Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
Ôzbekiston yurtimi.
Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
Ôzbekiston yurtimiz.
_______________________________________________________
Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz,
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan
Nomus-ori, e’tiqodi but ASKAR.
Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz ASKAR.
Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo ASKAR?
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.
Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan-
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q ASKAR!.
_______________________________________________________
Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.
Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
"Havf, havf”, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.
Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.
Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.
Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.
Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.
Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.
Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.
Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022