Kategoriya: Salomatlik

Angina, davolash va undan qutulish


Аngina - bodomchasimon bezning kattalashishi. Shamollash natijasida bodomchasimon bezi kattalashadi. Infeksiya tufayli yiringlaydi va isitma chiqadi. Hozirda anginadan qutulishning bir qancha usullari mavjud. Shaxsan men operatsiya yo’li bilan bodomchasimon bezni oldirganman. Yoshligimdan juda ko’p agina bilan kasallanganman va shundan menda tajriba paydo bo’lgan. Agar tomog’im sal qizarib qolsa yani ozgina qichishish, quruqshash hosil bo’lganda choynakga davolovchi ko’katlar solib ingalatsiya qilganman. Hozir ingalipt aerozolidan foydalansa bo’ladi. Ehtiyot bo’ling issiqlik anginani yiringlatib yuborishi mumkin. Tomoqni boylab yurish, maska taqish katta yordam bo’ladi. Maskada issiq nafas orqali ingalatsiya bo’ladi. Angina yiringlagach o’zidan infeksiya chiqaradi va bu infeksiya ichkariga qarab yo’nalgani uchun albatta da’vo chorasini ko’rish kerak. Infeksiyani davolashda antibiotiklardan foydalaniladi. Agar kasallikni oldindan, dastlabki belgilaridanoq davolansa antibiotiksiz, yengil davolash mumkin. Albatta immunoferonlar bilan va askorbinka bilan birga davolashni tavsiya etaman.

Angina ko’p vaqt davomida qayta qayta yiringlab, davolash foydasiz bo’lib qolganda yoki muntazam tomoq qurishi kabi asoratlarini keltirib chiqarganda yoki boshqa sablarga ko’ra operatsiya usuli bilan olishga to’g’ri keladi. Anginani operatsiya qildirishdan oldin, organizmdagi shamollashlarni infeksiyalarni davolanadi. Masalan 1 oy gentamitsin bilan. (gentamitsin qabul qilanda yurak qaltirashi, quvvatsizlik kuzatilishi mumkin. Albatta vit C yoki vitamin terapiya bilan qilish kerak). Qon ko’paytirish kerak. 3 kun qolganda vrachlar vikasol ukolini tayinlashadi (juda achchiq).

Angina mutloq hushyor holda, vrach stolida tik o’tirgan holda qilinadi. Tomoq ochib turiladi va ikkala bodomchasimon bezga ukol qilinadi. Ogriq kuchli sezilmaydi, yutinmay o’tiriladi. Burundan chuqur, chuqur nafas olish qo’rquvni va sabrsizlikni ancha yengillashtiradi. Angina olingandan so’ng birinchi uch kudan og’riq kuchliroq lekin chidasa bo’ladigan og’riq bo’ladi, yutinganda oyoq va qo’llar seskinib ko’tarilib ketadi, kundan kunga pasayib yaxshi bo’lib qoladi, 12 kungacha non va ovqat yeyilmaydi, qo’y yog’ili atala, sut, uyutilgan bulochka yeyiladi. Tez kunda yaxshi bo’lib ketadi. Ammo bodomchasimon bez ham o’z o’rnida juda muhim vazifani bajaradi. Shuning uchun uni operatsiya holatiga olib kelmay darrov davolashni choralarini, avvalo og’ritmaslikni ilojini qilib yashash kerak.

Anginani davolashda albatta vrach bilan maslahatlashing, ayniqsa bolalarda albatta tezlik bilan vrach ko'ruvi keerak. Chunki yiringlagan angna o'zidan infeksiya chiqaradi va ichkariga kirgan infeksiya ko'payib, qonga o'tadi. Vrachga ko'ringunga qadar romashka choyi, anaferonni tavsiya qilaman holos. Vanna, kompreslar vrach ruhsati bilan albatta qilinadi. Issiq havo, issiq sochiqni bosish va issiq choy ichib qo'yishdan ehtiyot bo'ling.

Reklama
Reklama