Kategoriya: Postlar

Ayollarning turlari. Siz qaysi turdasiz?


Nima turlarga ajratish?  Ha jamiyatdagi odamlarni psixologik nuqtai nazaridan turlarga ajratish bor narsa. Ayol kishini turlarga ajratishga kelsak, qanday ayol ekanligiga qarabgina emas, yashash tarzi, hayot kechirishi, maqsadi, yon atrofdagilarga nisbatan munosabati va jamiyatdagi o'rniga qarab ajratish mumkin. Avvaliga butun dunyo psixologlari ayollarni qanday turlarga ajratganligi haqida aytib o'tsak, so'ngra o'zbek ayollarini turlarga ajratamiz. O'zbek ayollarining turlari butun dunyo ayollari turlaridan ham ko'ra ancha qiziqroq.

Ayollarning turlari

  • Ona ayol
  • Do'st ayol
  • Ovchi ayol
  • Ishchi ayol
  • Vaxshiy ayol
  • Yengil tabiat ayol

O'zbek ayolining turlari

  • Kelin ayol
  • Tili shirin ayol
  • Aqlli ayol
  • Go'zal ayol
  • Erkakcha ayol
  • Aybdor ayol
  • Ideal ayol


1. Ona ayol.

Ushbu tipdagi ayollar turmush o'rtoq tanlashda yoshiga qaramaydilar. Ular erlariga ham bola o'rnida qaraydilar. Eriga o'zidan ko'ra ko'proq qayg'uradi, parvarishlaydi, mehribon bo'ladi. Erining istaklarini o'zining hohishidan ustun ko'radi. Bu kabi ayollar bilan turmush qurib yashash juda oson kechadi. Bu tipdagi ayollar mehribon, tushunuvchi, sabrli va muloyimdirlar. Bu kabi ayollar bilan yashagan erkaklar uzoq turmush qiladi va ish yo'lida yuqori mansablarga erishadi. Ayol-Onalar uy bekasi ham biznes ledi ham bo'lishi mumkin. Buni turmush o'rtog'ining hohish istaklari hal qiladi. 

2. Do'st ayollar.

Ushbu turdagi ayollarni enf dono tur deb atash mumkin. Ushbu tur boshqa turlardagi eng yaxshi xarakterlarni amalda qo'llab yashaydi. Bu ayollar o'z turmush o'rtog'ini bir vaqtning o'zida bola o'rnida ko'rishi, shuningdek eri uchun eng yaxshi sirdoshi va do'stiga aylanishi hamda eriga sevikli yor bo'la olishi mumkin. Ushbu tur realistik odam bo'lib, teran fikrlay oladi. Turmush o'rtog'i bunday ayol bilan karyeraga erishishi va hayotda lider bo'lishi mumkin, albatta bunda ayolining o'rni katta ekanligini inobatga olgan holda yashasa. 

Hozirgi zamonda ushbu turdagi ayollar juda kamayib ketgan. Ko'pchiiligi turmush qurmasdan mustaqil yashashmoqda. Turmush qurganlari ham qariganidan keyin o'z o'rniga ega bo'lish maqsadida turmush o'rtog'idan ham mehr va parvarish talab qiladi. Erkaklar ushbu turdagi ayollarni uchratsa, hatto turmush qurmagan taqdirda ham u bilan o'tgan davrini juda qadrlaydi va ko'proq birga vaqt o'tkazishga harakat qiladi.

3. Ovchi ayollar.

Ovchi ayollar turmush o'rtoq tanlashda yoshi va xarakteriga e'tibor bermaydilar. Ular faqat mablag'iga qarab odamga baho beradilar. Qanday foyda kelishi, afzalliklari haqida o'ylaydilar. Turmushda bunday ayollar baxt va quvonchni his etmaydilar. Ular uchun turmush bu bir munosabat. urmushining qiziqarliligi va afzalliklari uchungina yashaydi. Bunday ayollar turmush o'rtog'ining hohish va istaklariga befarq bo'lgan holda ham turmush qura olishlari mumkin. Bu kabi ayollar bo'ron kabidir. Ular tez qaror qabul qiladilar. Hamma narsa va hamma odamlar u aytganidek bo'lishini hohlaydilar. Kuchli xarakteri bilan munosabatlarda dominantlik qiladilar. Ovchi ayollar o'zining tashqi ko'rinishini ideal deb o'ylaydi va o'zgarishga harakat qilmaydi. Lekin turmush o'rtog'ini doimiy rivojlanishga majbur qiladi. Bu kabi ayollar bilan turmush doim ham yomon bo'lavermaydi. Agar erkak kishi oilada lider bo'lsa va so'zini o'tkaza olsa dominantlikni bu kabi turdagi ayollar qo'liga bermasligi va bo'ysundirishi ham mumkin.

4. Ishchi ayollar.

Turmush qurgan ayol ish va oilani birgalikda eplab bo'lmasligini biladi, bo'lganda ham juda qiyinchilik bilan bo'lishi mumkinligini sezadi. Bu kabi ayollar yo ishni yo uyni tanlay olmaydi. Oilasida qanchalik qulay muhit yaratmasin, baribir ishdan keyin uy yumushlari qilishi krakligi uning dam olishini  chegaralaydi. 

Ushbu turdagi ayollarga qaraganda o'ziga qargan, parvarishlangan, jalb etuvchi va kirishuvchan ko'rinadi. Ammo biznes yoki ishda ular to'la to'kis erkak kishini vazifasini bajaradi. 

Bu kabi ayollar oilasini ham ishini ham birgalikda yaxshilashga harakat qiladi. karyera uchun intilmaydi. Ular uchun tashqi ko'rinishi va jamiyatdagi o'rni muhim holos. Farzandidan ham o'ziga talabi kabi ko'p narsani talab qiladi. Bunday ayollarda bazi hollarda butunlay ona mehri yo'qolishi kuzatiladi. Bu kabi ayollarning turmush o'rtoq topishi va birga yashashi qiyin kechadi. Chunki turmush o'rtog'ining o'zidan past bo'lishini hohlashmaydi. Agar shunday holat bo'lib qolsa ham ular yana vahimaga tushadi. O'zi bilan teng statusdagi odam oldida yalmog'iz kampirga o'zshab qolishni hohlamaydi.

5. Vaxshiy ayollar.

Bu kabi ayollar o'zining atrofidagilar doimiy ravishda kuzatadilar. Ko'pincha yomon kayfiyatda yuradilar. Ular o'zini ng fikrida qat'iy turadilar va hech kimni uning fikrini o'zgartirshiga yo'l qo'ymaydilar. Bu turdagilarni psixologiyada o'nlab kichik turkumlarga ajratib o'rganiladi. Bu kabi ayollar o'zining shaxsiy manfaati ichin atrofidagilardan foydalanadilar, agar boshqalarning hatosini bilib paytdan foydalanadi, ularda qayg'urish va mehribonlik yo'q, bazida kuch ishlatadi va doimo birovlarni tanqid qiladi.

6. Yengil tabiat ayollar.

Bu kabi ayollar doimo tashqi ko'rinishiga etibor beradi. Kamchiliklariga esa borim shu deya yashaydi. Chegara va meyora amal qilmaydi. Ko'pincha atrofidagilarni joniga tegadi. Asosiy salbiy harakteri o'zini bosa olmaydi, ko'p gapiradi va sherigini bezdiradi. 

Bu kabi ayollar oilaviy hayotda omadli bo'ladilar. Ularning yengilligi erkaklarni tortadi. Bu turdagi ayollar ko'pincha yaxshi bilim olmaydi. Turmushga chiqqanlaridan keyin esa tashqi ko'rinishiga umuman qaramay qo'yadi. Turmushni faqat urush, baxs bilan o'tkazishadi. Bazilarni sevili yor va mehribon ona bo'ladi. Shuning uchun ko'p erkaklar bu kabi ayollarda to'xtaladi. 

Ushbu post ssixolog Y. Smaylov materiallari asosida tayyorlandi.

O'zbek ayolining turlari

1. Kelin ayol

Bu kabi ayollar yoshligidan faqat kelin bo'lishga o'rgatiladi. Ular uchun qaynona-qaynotaga xizmat qilish hayotda birinchi o'rinda turadi. Bolasi yig'lab turgan bo'lsa ham, qaynonasi aytgan chuchvarani qilib qo'yish bunday ayollar uchun eng birlamchi vazifadir. Turmush o'rto'giga ham qaynona-qaynotasining o'g'lidek qaraydi. Ya'ni, erining ehtiyoji qaynona-qaynotasining ehtiyojidan kelib chiqqan holda baholanadi. "Kelin" ayol turmush o'rto'gi bilan alohida chiqib ketsa, turmushida kelishmovchiliklar ko'payadi, chunki bu ayollar qaynona-qaynotalik uyda yashashga moslashgan. Ularning eri boshida ota-onamga yaxshi xizmat qilyapti deb xursand bo'lsa, borib-borib o'ziga va farzandlarga bo'lgan bee'tiborlikdan nolishni boshlaydi.   

2. Tili shirin ayol

Bunday ayollar tili bilan hammani o'ziga qaratay oladi. Uyning kirligi, bolalarning muammolari, ovqatning bemazaligi ayolning shirin tili bilan qoplanib ketadi. Ularni urishgan taqdirda ham uydagi vaziyat o'zgarmaydi, lekin og'zidan bol tomib, "ho'p bo'ladi" degan gapi bu kabi ayollarga hamma narsani kechirishga undaydi. Ular uy ishiga yo'q, farzandlari tarbiyasiga befarq bo'ladilar. Bu kabi vazifalar asosan erining bo'ynida bo'ladi. Eri esa "tili shirin" ayolining shirin so'ziga mahliyo bo'lib hamma ishni o'z bo'ynida ko'tarib kun kechiradi. Bunday erkaklar odatda ishda katta muvaffaqaiyatlarga erisha olmaydilar, chunki fikri-hayoli uy muammolarida bo'ladi.  

3. Aqlli ayol

Bunday ayollar erkak uchun haqiqiy turmush o'rtoqdir. Ular erining har bir ehtiyojini oldindan seza biladilar. Bunday ayollarning uylari saramjon, bollari sarishta bo'ladi. Aqlli ayolning uyidan baraka arimaydi. Lekin tili shirin ayollardan farqli o'laroq bunday ayollarning tili ham ba'zida chaqqonlik qilib turadi. Bu esa hech bir erkakka yoqmaydi. 

4. Go'zal ayol

Go'zal ayol uchun eng muhimi uning tashqi ko'rinishidir. Bunday ayollar saharlab turib sochini turmaklashga, bo'yanishga erinmaydilar. "Go'zal ayol" ning eri ishdan kelishiga shirin ovqat yemasa ham, go'zal ayolini ko'radi. Uylar toza bo'lmasligi, bolaning darsi qilinmagan bo'lishi, ovqat tuzi ko'p bo'lib qolishi bu kabi ayollar uchun hech gap emas, lekin uni hech qachon bo'yanmagan yoki sochi turmaklanmagan holatda ko'rmaysiz. 

5. Erkakcha ayol

Bu ayollar uyda hamma narsani eplaydilar. Bozor-uchar ham, buzilgan rakovina ham, tushib ketgan javonni tuzatish ham ularning qo'lidan keladi. Kerak bo'lsa, pul topish ham bunday ayollar zimmasida bo'ladi. Ular ayollik vazifasini biroz unutib, o'zini erkaklarcha tutadilar. Ular hamma narsaga ulguradi va ko'pincha boy bo'ladi. Yonida erkak bo'lsa, u odatda bo'sh va yumshoq bo'ladi. Bunday ayollar oilasida o'sayotgan bolalar turmushni biroz teskari qabul qiladilar. Ular uchun hayotdagi erkak va ayol o'rni almashib qolgan bo'ladi. 

6. Aybdor ayol

Bunday ayollar oramizda juda ko'p. Ular hammani oldida o'zini kamsitaveradilar. Eri ursa ham, yursa ham o'zini aybdor deb biladi, qaynonasi jahl qilsa, o'zidan ayb qidiradi. Bunday ayollar o'zini astoyidil kamsitgani tufayli ko'p ish qiladilar. Tinmay ish qiladilar. Bollariga ham yalinib yuradilar. Bollari bu kabi ayollarni odatda hurmat qilmay o'sadi. Ular hammadan gap eshitib yuradi va hammani ko'zida hech narsaga yaramaydigan bo'lib ko'rinadilar. Ularning umr vazifasi o'z "ayb"ini yuvib yashashdir. Buning uchun esa ular ish qilishdan to'xtamaydilar.  

7. Ideal ayol.

Bu kabi ayol haqida har bir erkak orzu qiladi. Ular o'z ichiga "kelin", "tili shirin", "aqlli", "go'zal", "o'g'il bola", "aybdor" ayollarni hislatlarini qisman qamrab olgan bo'ladi. Natijada kerak bo'lganda kerakli fazilatni ko'rsata oladigan ideal ayolni chiqadi.

Ideal ayol bo'lish hammaning qo'lidan keladi, buning uchun yuqoridagi barcha fazilatlarga ega bo'lib, vaziyatdan kelib chiqqan holda ularni namoyon etishni bilmog'i darkor. 

Reklama
Reklama