Assalomu alaykum! Mahoratli oshpazlar-u, qo'li gul pazanda uy bekajonlari. Bugun sizlarga ilhom baxsh etish maqsadida, eng antiqa va chiroyli dasturxon bezash usullari haqida rasmalar va videolarni taqdim etaman.  Taomlarni bezash, salatlarni noodatiy tayyorlash, bolajonlar ovqatini ularga qiziqarli qilib bezatish, stol ustini bezashda, vaza, tarelkalarni bezashda qo'llaniladigan noodatiy tarzdagi bezak namunalarini ko'rishingiz mumkin. Bunday bezatish orqali ko'rgan odamning yanada ishtahasi ochiladi, kelgan mehmonlar esa mahoratingizga havas qiladi. Dasturxoningiz ko'rkam va go'zal bo'ladi. Ana o'shanda  selfi qilib rasmini profilingizga qo'yishni unutmang.