Kategoriya: Hikoyalar
E'tiborli bo'laylik
Mana shunaqa pishiriqni masjid eshigi oldida ayollar sotib o‘tirishadi. Bir paketi 10.000 so‘m. Tilamchilik qilgandan ko‘ra afzal ish.
Namozdan chiqayotib qarasam hech kim olmayotgan ekan. Shuni sotib o‘tirgan ayoldan bir paketini olib 100.000 so‘m berib "Qaytimi kerak emas opa" desam, yonida sovqotganidan burni oqib o‘tirgan qizi suyunib ketganidan ko‘zlari chaqnab "Vuuuuuuy oyiii" desa bo‘ladimi.
Endi onasi unga biror narsa olib berishidan xursand bo‘lgan jajji muslima qizni beg‘ubor tabassumini ko‘rib o‘zim ham xursand bo‘ldim...
Bizni ba'zi narsalarga ehtiyojimiz bo‘lmasa ham ehtiyojmandlarni hurand qilish uchun ham olaverish kerak...
Hayotiy saboqlar telegram kanali
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022