Kategoriya: Hikoyalar
Farzand tarbiyasi haqida
Farzand niholga o‘xshaydi. Agar u o‘z vaqtida, yaxshi parvarish qilinmasa, to‘g‘ri o‘smay qolishi mumkin. Ota-onaning asosiy vazifasi esa, bolaga chiroyli tarbiya berish, yaxshi inson qilib voyaga yetkazishdir. Abdurauf Fitrat tarbiya xaqida shunday deydi: “Tarbiyasi go‘zal farzand yaratganning ne'matidir. Yaxshi tarbiya insonning baxtu-iqboli omilidir. Ba'zi fe'lu atvor tug‘ma bo‘lsa-da, yaxshi xulq ko‘pincha shakllantiriladi”.
Luqmoni Hakimdan “Nega o‘g‘lingizga juda ko‘p nasihat qilasiz?” deb so‘rashdi.
U zot: “Keksalarning yoshlarga qilgan nasihati xuddi ko‘chatlarni voyaga yetkazadigan bog‘bon kabidir. U vaqt-vaqti bilan ko‘chatlarning ortiqcha shoxlarini kesadi, ular atrofidagi begona o‘t-o‘lanlarni tozalab tashlaydi.
Xullas, uning mustahkam bo‘lib o‘sishi uchun bor kuch-quvvatini sarflaydi. Agar shunday qilsa, nihol yaxshi o‘sib, unadi. Zero, u hosilga kirgach, mevasi asaldek shirin bo‘ladi. Aks holda, bog‘bon beparvo bo‘lib, ko‘chatlarning ortiqcha shoxlarini kesmasa, ular baland o‘sib, yaxshi hosil bermaydi. Natijada, bunday niholdan bog‘bonga foyda yo‘q".
Latif Xamedov
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022