Kategoriya: Har xil
Freak show haqida
Yaqinda internetda "Badbasharalar sirki" ya'ni inglizchada Freak show haqida ma'qolaga ko'zim tushdi. Ushbu sirk 18-asrda tashkil etilgan bo'lib, a'zolari haqiqatda tug'ma nogiron va noodatiy ko'rinishga ega insonlardan iborat bo'lgan. 18 asrda sirk yaxshi biznes turi hisoblangan. Bu davrda g'arbdagi sirklar ko'rinishini kinolarda ko'rganmiz. Markazdan, odamlar ko'p to'planadigan joylardan vaqtincha foydalanish uchun ruhsat olib sirk tomoshalarini ko'rsatishib kelishgan. O'sha paytda bunday yer uchun kattagina ijara haqi to'lanib,albatta bunday pulni ishlab topish uchun yaxshigina pul ham ishlash kerak bo'lgan. Odamlarni jalb etish muammo bo'lib, akrobatlar va kuchli odamlar bilan ommani qiziqtirish mumkin bo'lmay qolgan. Shunday paytda bir odam hech kim ko'rmagan, insonlarni hayratlantiradigan, hunuk va g'ayrioddiy harakatlar bilan jirkanish hissini uyg'otadigan sirkni o'ylab topgan. O'sha davrnig odamlariga odam tanasining noto'g'ri harakatlari, hunuk egiluvchanligi va turli badbasharaliklar yoqa boshlagan. O'sha davrning qoidalari bunday odamlar ustidan kulishga cheklov qo'ymagan. Ishtirokchilar o'z hohishi bilan kelib, ketgan va pul topgan. Bu sirk odamlarda qiziqish va hayrat uyg'otish bilan juda mashxur bo'lib ketgan. Hamma pullarni sirk direktorining o'zi olmagan. Ishtirokchilarga anchagina qismini bergan. Hatto ular o'sha paytdagi sog'lom odam orzu qiladigan darajada daromadga erishib, o'zlarini qariyalik davrini to'kin sochinlikda suradigan darajada pul ishlab olishgan.
Aslida bunday odamlar turli sirklarning bir qismi bo'lgan. Hammasi har xil odatiy sirklarda ishlashgan. Ammo shunday sirk borligini eshitishgach to'planishgan. 18 asrda Amerikada paydo bo'lgan bu sirk Yevropa sirklari darajasida bo'lmasada, "badbashara" a'zolarining rasmlari barcha ko'chalarni to'ldirgan. O'z davrida juda mashxur bo'lgach, 18 asr oxirlarida bunday sirklar ko'payib ketgan. 19 asrda urushdan keyin odamga nisbatan jamiyatnig hurmati ortib, kamchiligi bor odamlar ustidan kulmay qo'ygan. Bunday sirklarga pul to'lamay qo'yishgan.
18 asr-19 asr boshlaridagi "Badbasharalar sirk"lari bir nechta bo'lgan. Ayniqsa 2 tasi juda mashxur bo'lgan.
1-si "Congress Of Living Freaks" deb nomlanib, u haqda hech qanday ma'lumot saqlanib qolinmagan.
2-si "Barnum & Bailey Greatest Show on Earth"
Ma'lumot "fiveplus"dan olindi.
Quyida ana shu sirklarning eng mashhur a'zolari haqida.
1. Shlits - kichkina boshli odam.
1901 yilda tug'ilgan deb taxmin qilinadi. Uni yoshligidan ilgak bosh deb atashgan. Aqliy ojizlik kasalligi bilan kasallanib, kallasi kichikligicha qolib ketgan. Bo'yi 120 sm ga yetgan Lekin aqli 3 yosh boladek qolgan. Sirk unga mashxurlik keltirmagan, filmda suratga tushgach, to umrining oxirigacha 70 yoshgacha afsona sifatida mashxur bo'lib qolgan.
2. Minni Woolsey - qush ayol
1880-yili skelet kasalligi bilan tug'ilgan. Uni hamma KooKoo qush ayol sifatida tanigan. Bosh shakli rivojlanmagan, yuz shakli yaxshi rivojlanmaganligidan qushnikiga o'xshagan, sochi va tishi bo'lmagan. Ikkala ko'zi umuman ko'rmagan. Birinchi namoyishida u patli kiyim bilan chiqib tushunarsiz tilda gapirib, qush kabi qo'llarini qimirlatib harakatlantirgan. Shundan keyin omma bunga shunday nom bergan. U keyingi namoyishlarida gapirmagan faqat qush kabi harakatlar qilgan. Mashxurligi bois filmda suratga tushgan. Lekin hech qaysi ramlarda uni ko'rsatishmagan, nomini taqiqlashgan. Chunki unda ruhiy kasallik mavjud bo'lib, qachon vafot etgani ma'lum emas. Oxirgi marotaba 1960 yili ko'rishgan. Hali ham tirik bo'lib qayerdadir 140 ga kirib yashab yurgan bo'lishi mumkin deb taxmin xam qilishgan.
3. Xuliya Pastrana - Meksikalik maymun odam
18 asrning 30-yillarida tug'ilgan. U gipertrixoz kasalligi bilan tug'ilgan va tanasining barcha qismi jun bilan qoplangan. uning bo'yi 130 sm bo'lgan. Bu qizni Charlz Darvinning o'zi o'rgangan va gorilla bilan o'xshash tomonlarini topgan. Frik shou bilan butun dunyoni kezgan. Uni boqib olgan onasi o'rmondan topib olgan degan hikoyani o'ylab topishgan. Qabilasining boshlig'iga turmushga chiqqan. 26 yoshida homilador holida Moskvadagi gastrolida vafot etgan. Farzandi ham 3 kun yashagan holos. Eri esa ularni mumiyalab professorlarga ko'rsatgan. Ulardan keladigan daromaddan ayrilgan eri Teodor Lent huddi shunaqa kasalligi bor ayolga uylangan, Yevropa bo'ylab shou ko'rsatgan. U ayolini mumiyalangan bolasi va Xulio bilan birga yurib, shou ko'rsatishga majbur qilgan. Toki teoder Lentni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotkizgunlariga qadar.
4. Ella Xarper.
1870 yilda tug'ilgan. Tizzasining qarama qarshi tomonga bukilgani bilan harakatlanishi hammani jalb etgan. Uni ko'rish uchun butun dunyodan odamlar kelgan. U haftasiga 400 dollar pul topgan. Hozirgi pul inflatsiyasi bilan hisoblaganda 5000 dollar hisoblanadi. Lekin u 16 yoshida sirkni tark etgan, ta'lim olib, turmushga chiqqan va hatto farzand ko'rgan.Lekin farzandi uzoq yashamagan, hatto asrab olgani ham. 51 yoshida rak bilan vafot etgan.
5. Franchesko Lentini-3 oyoqli odam
3 oyoq bilan tug'ilgach uni bolalar uyiga topshirishgan. 8 yoshida ko'pchilik sitsiyaliklar qatori Amerikaga kelib qolgan va badbasharalar shousi ishtirokchisiga aylangan. U bu holatidan uyalmagan va hatto 77 yoshigacha hazil mutoyiba bilan o'zining oyoqlari 3 ta ekanligi va har bir xar xil uzunlikda ekanligini aytib kulib o'tgan. Oddiy ayolga uylangan 4 nafar farzandli bo'lgan. Topgan pullari bilan bemalol yashagan.
6. Fred Uilson - krevetka odam
1866-yili Masschuetsda tug'ilgan. O'ziga hos kasallik bilan yashgan, shouda ishtirok etgan va katta mablag'ga ega bo'lgan.
7. Lusiya Sarate - mitti odam.
Ginnes rekordlar kitobiga insoniyat tarixidagi eng mitti odam sifatida kiritilgan.
17 yoshida atiga 2,1 kg bo'lgan.
8. Elastik terili odam
9. Syuzi - fil odam.
Taxminan 1909 yillari germaniyada tug'ilgan. U juda noyob kasallik bilan kasallangan. Uning tanasi mayda yoriq va tirshlar iborat bo'lgan. Uning terisi yoshligidanoq juda qalin va qo'pol bo'lganligi uchun unga fil odam deb nom berishgan. Germaniyadan Amerikaga kelib frik shouda qatnashgan.
10. Siam egizaklari
Ikkiboshli odam nomi bilan mashhur bo'lgan. Barcha sirk ishtirokchilaridan ko'ra siam egizaklarining namoyishi har doim ko'p mamlakatlarda qiziqish bilan tomosha qilingan. Qo'shiq aytib, raqs tushib tomosha ko'rsatishgan.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022