Kategoriya: Freelancer Pul topish
Freelanserlikning afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari
Freelancer uchun:
- Mustaqillik (barcha freelancerlar uchun emas).
- Ish vaqti erkin (talabalar, asosiy ishidan tashqari qo'shimcha ishlovchilar uchun qulay)
- Uyda ishlash imkoniyati (oilasi bilan birga bo'lishni hohlovchilar, farzand tarbiyasidagi onalar, sog'ligida muammosi bor shaxslar uchun imkoniyat yaratadi)
- Shaxsiy biznesingizni boshlash uchun kam xarajat qilish (freelancerga odatda ofisni ijaraga olish, kundalik transport xarajatlariga pul sarflashning hojati yo'q, Ammo ba'zi sohalarda o'z ishini mohirona bajarish uchun, masalan, fotosuratlar qimmatbaho uskunalar sotib olish uchun o'z mablag'lariga ega bo'lishi kerak).
- Faqat o'zining ishini bajarish
- Mehnat qilish sharoitining qulayligi: shaxsiy ish joyi, qulay kiyimda ishlash, mo'tadil haroratda, oziq-ovqat va boshqa qulayliklariga ega
- Oila davrasida bo'lish
- Ish tanlash, yoqmagan ishni inkor qilish imkoniyati
- Sherikni tanlash huquqi.
Ish beruvchi uchun:
- Ish joyida o'tkaziladigan soatlarda emas, balki faqat bajarilgan ish uchun to'lash imkoniyati (garchi doimiy xodimlar uchun ham ish haqi to'lash mumkin bo'lsa);
- Turli hududlardan yuqori darajadagi mutaxassislarni jalb qilish va o'z hududlaridan to'la vaqtli mutaxassislar bilan chegaralanish imkoniyati;
- Ofisdagi ish joyini band qilmaslik, mebel, texnika va hokazolarning tejalishi;
- Ijtimoiy kafolat, o'z hisobidan ta'til, kasalligi tufayli ta'tillarning yo'qligi;
- Hujjatbozlikning kamligi (odatda o'zaro kelishib, ishni real qabul qilib olgandan so'ng qo'ldan maosh berish mumkinligi. Hech qanday hisobot, kassa va buxgalteriyasiz);
- Istalgan vaqtda freelanser bilan hamkorlikni tugatish, shtatdagi odamni bo'shatishdagi huquqiy majburiyatlarsiz bo'hatish mumkinligi.
-
Kamchiliklari
Freelanser uchun:
- Doimo yangi buyurtmalarni izlashga to'g'ri keladi. Ba'zida bu anchagina vaqtni talab etadi va e'lonlar sayti agar pulli bo'lsa mablag' to'lashga to'g'ri keladi.
- Aniq to'lov muntazamligi yo'q. Avans, oylik yo'q. Xizmat haqqi kelishilgan holda qilingan ishga qarab beriladi.
- Ba'zi bir asabiy insonlar uchun asabbuzar ish bo'lishi mumkin, shtatdagi ishlar ham bundan mustasno emas;
- Buxgalteriyani ya'ni kirim chiqimlarni o'zi hisoblaydi;
- Qo'shimcha o'zini ruxlantirish va ishga qiziqtirishi kerak, shuning uchun o'zini qiziqqan ishini tanlagan ma'qul;
- Mehnat ta'tili, ijtimoiy himoya, pensiya mavjud emas;
- Aldanib qolish ehtimoli juda kuchli. Uning uchun o'zaro kelishuv shartnoma va topshiriq talabnomasini tuzib ishlash kerak. Shunda ham qonuniy kuchga ega bo'lmagani uchun ish beruvchini tanlash va ishonish o'zingizdan.
Ish beruvchi uchun:
- Ish jarayonini nazorat qilish qiyin;
- Aldash ehtimoli yuqori. Uzoqda turgan odamni nima qilayotganini bilish qiyin;
- Maxfiy ma'lumotlarni saqlanishi qiyin. O'ta shaxsiy va davlat ahamiyatiga molik ishlarni freelansga topshirib bo'lmaydi;
- Uzoq muddatli katta loyihalarga doimiy ishlab beruvchi freelanserni topish qiyin. Hohlagan vaqtda ishni tashlab keta olishi mumkin. Yoki xizmat narxini qimmatlashtirib olishi;
Saytimizga qo'yilgan eng so'ngi ma'lumotlar bilan tanishish uchun saytning mobil ilovasini google playdan yuklab oling! Yuklab olish uchun havola: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.googol.app
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022